Joriy yilning 22-oktabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Quvayt shaffoflik jamiyati rahbari Majid Al-Muteyriyni qabul qildi.
Ma’lumot uchun: Quvayt shaffoflik jamiyati o‘z maqsadlari sifatida mamlakatda ochiqlik, shaffoflik v halollikni ta’minlash, demokratik boshqaruv institutlarini mustahkamlash va gender tenglikni qo‘llab-quvvatlash etib belgilagan, shuningdek Transparency International xalqaro tashkilotining Quvaytdagi bo‘linmasi hisoblanadi.
Suhbat avvalida, Agentlik direktori tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ochiqlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil axborot berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Quvaytda davlat organlarining ochiqlik indeksi, davlat idoralari faoliyatining shaffofligini ta’minlashda nodavlat sektorning o‘rni hamda o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Are you aware of the latest legislation?
Partly aware - 465
Well aware - 344
I am not aware - 202
I'm not interested - 37