O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida
mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi
MA’LUMOT
№ |
Tashkilot nomi |
Bo‘sh ish o‘rinlari |
1. |
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga |
4 |
Ma’lumot uchun: nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotnoma (obyektivka, rezyume)ni Agentlikning info@anticorruption.uz elektron pochtasiga yuborishlari mumkin.
KO‘CHIRMA
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga
ishga qabul qilinadigan nomzodlarga qo‘yiladigan
MALAKA TALABLARI
Lavozim nomi |
Shaxsi va ma’lumotiga |
Mehnat faoliyatiga oid talablar |
Bilim va ko‘nikmalariga oid talablar |
Boshqarma boshlig‘i |
Muqaddam jinoiy javobgarlikka |
Agentlikdagi tavsiya etilayotgan faoliyat yo‘nalishi va soha xususiyatidan kelib chiquvchi vazifa va lavozimlarda davlat idoralarida kamida 8 yillik ish tajribasi, shu jumladan kamida 5 yil rahbarlik lavozimlarida muvaffaqiyatli ishlagan bo‘lishi lozim |
Lavozim yo‘nalishi |
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari |
Agentlikdagi tavsiya etilayotgan faoliyat yo‘nalishi va soha xususiyatidan kelib chiquvchi vazifa va lavozimlarda davlat idoralarida kamida 5 yillik ish tajribasi, shu jumladan kamida 3 yil rahbarlik lavozimlarida muvaffaqiyatli ishlagan bo‘lishi lozim |
||
Bo‘lim boshlig‘i |
Agentlikdagi tavsiya etilayotgan faoliyat yo‘nalishi va soha xususiyatidan kelib chiquvchi vazifa va lavozimlarda 5 yildan kam bo‘lmagan muddat ishchanlik, tashabbuskorlik bilan samarali faoliyat olib borgan bo‘lishi lozim |
||
Bosh inspektor, yetakchi inspektor |
Agentlikdagi tavsiya etilayotgan faoliyat yo‘nalishi va soha xususiyatidan kelib chiquvchi vazifa va lavozimlarda 3 yildan kam bo‘lmagan muddat ishchanlik, tashabbuskorlik bilan samarali faoliyat olib borgan bo‘lishi lozim |
Favqulodda yuqori professional tayyorgarlikka yoki maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, ammo mazkur Malaka talablarida o‘rnatilgan zaruriy ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar Agentlik direktori qaroriga ko‘ra ishga qabul qilinishi mumkin.
KO‘CHIRMA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
7. Agentlik uch oy muddatda:
Agentlikni yuqori malakali kadrlar bilan, birinchi navbatda, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amaliy ish tajribasiga ega va Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir shaxslar orasidan to‘ldirilishini;
Agentlik faoliyati tashkil etilishini tartibga soluvchi hujjatlar paketi, shu jumladan Agentlik tuzilmalari to‘g‘risida nizomlar va xodimlarining odob-axloq qoidalari ishlab chiqilishini ta’minlasin.
Belgilab qo‘yilsinki:
Agentlikni xodimlar bilan to‘ldirish konkurs asosida xalqaro standartlarga muvofiq Agentlik tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi;
Agentlikka birinchi marta ishga qabul qilinadigan xodimlar ishdan ajratilgan holda O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning nazariy va amaliy masalalari, xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni o‘rganishni qamrab oluvchi maxsus o‘quv dasturlari bo‘yicha ta’lim oladi.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti SH. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-iyun,
PF-6013-son
Знаете ли вы о последних законодательных актах?
Частично в курсе - 350
Хорошо осведомлен - 260
Я не в курсе - 144
Мне не интересно - 23