Soha xodimlari va mutaxassislari, korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida tadqiqot olib borayotgan yosh olimlarning taklif va tavsiyalari inobatga olinib, sohaga doir keyingi zaruriy maʼlumotlar bilan boyitilgan
va qayta toʻldirilgan Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) tizimini joriy etish boʻyicha qoʻllanma (toʻldirilgan yangi nashr) ishlab chiqildi.
Yangi nashrda davlat organlari va tashkilotlarida ichki nazorat tuzilmalari tomonidan ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan ijobiy natijalar, davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlari hamda tashkilotlar tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini tahlil qilish va reyting baholashga oid batafsil maʼlumotlar amaliy misollar bilan koʻrsatildi.
Qoʻllanma bilan ushbu havola ( https://anticorruption.uz/upload/document/design_izm11.pdf ) orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
Shuningdek, Agentlik tomonidan Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha asosiy ichki idoraviy hujjatlar namunalari toʻplami ham nashr etildi.
Mazkur namunaviy hujjatlar toʻplami korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki idoraviy hujjatlar hamda ularning mazmun-mohiyati, maqsad-vazifalarini oʻzida mujassam etgan.
Toʻplam mamlakatimizdagi barcha tashkilotlar, ularning hududiy va tarkibiy boʻlinmalarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarini milliy qonunchilik va xalqaro standartlar asosida samarali joriy etish tartibini belgilaydi.
Mazkur namunaviy hujjatlar toʻplami ( https://anticorruption.uz/upload/document/design_compressed.pdf )oʻz yoʻnalishida oʻzbek tilida chop etilgan ilk metodik nashr sanaladi.
Ushbu nashrlar Konrad Adenauer jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi koʻmagida chop etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati
Qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklardan xabardormisiz?
Qisman xabardorman - 366
Yaxshi xabardorman - 268
Xabardor emasman - 148
Menga qiziq emas - 24