Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati dayjesti
(4-8-aprel kunlari)
5-aprel
Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
6-aprel
Davlat dasturi ijrosi boʻyicha Agentlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi.
Xalqaro hamkorlik doirasida:
5-8-aprel
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti vakillari ishtirokida Istanbul harakatlar rejasi masalalari muhokama qilindi.
7-aprel
Agentlik rahbariyati hamda Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Oʻzbekiston boʻyicha missiyasi rahbari Ron van Roden boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
8-aprel
Agentlik rahbariyati hamda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti rahbari Myusha Sever va Sloveniyaning Yozef Shtefan instituti ekspertlarining uchrashuvi oʻtkazildi.
8-aprel
Agentlik hamda Yevropada hamkorlik va xavfsizlik tashkiloti vakillarining ishchi uchrashuvi tashkil etilib, Agentlik va Yevropada hamkorlik va xavfsizlik tashkiloti oʻrtasida 2022-yilga moʻljallangan hamkorlik dasturini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv, seminar va boshqa tadbirlar:
6-aprel
Agentlik hamda “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi vakillari ishtirokida Agentlik buyurtmasiga asosan oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadqiqotning asosiy yoʻnalishlari muhokama qilindi.
6-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “Korrupsiyasiz innovatsion tizim” mavzusida seminar oʻtkazildi.
6-7-aprel
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida bojxonachilar uchun korrupsiyaga qarshi kurashning komplayens tizimi boʻyicha sayyor oʻquv mashgʻuloti tashkil qilindi.
8-aprel
Adliya vazirligida vazirlik va manfaatdor idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Oxirgi benefitsiar mulkdorlar yagona davlat reyestri toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasining muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, mazkur haftada:
“Milliybank” ATB, CERT ACADEMY, “Sanoatqurilishbank” ATB, DXX akademiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalasiga bagʻishlangan mahorat darslari oʻtkazildi.
Hafta davomida Agentlikka yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 43 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 91 ta xat-hujjat kelib tushdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati dayjesti
(28-mart—1-aprel kunlari)
Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yuzasidan Surxondaryo viloyati hamda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasida oʻrganishlar oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan viloyat hokimligi va Davlat inspeksiyasiga taqdimnomalar kiritildi.
Xalqaro hamkorlik doirasida:
28-29-mart
BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.
28-mart
2023-yilga moʻljallangan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi (EAG) byudjeti loyihasini muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan Texnik yordam koʻrsatish boʻyicha Ishchi guruhining sessiyalararo yigʻilishi oʻtkazildi.
29-mart
“Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar boʻyicha kichik qoʻmitasining 18-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
29-mart
Agentlik xodimlari uchun davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish hamda deklaratsiya tizimini joriy etish masalalarida Latviya tajribasi boʻyicha onlayn seminar oʻtkazildi.
29-30-mart
YEXHTning “Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya tahdidlariga qarshi kurashish boʻyicha huquqiy taʼlim va axborot kampaniyalarni oʻtkazish orqali yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish samaradorligini oshirish loyihasi” mavzusiga bagʻishlangan konferensiyasi tashkil etildi.
31-mart
Osiyo taraqqiyot banki hamda masʼul vazirlik va idoralar vakillari bilan birgalikda “Iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash dasturi” doirasida qabul qilinadigan Islohotlar matritsasining muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Seminar va boshqa tadbirlar:
28-29-mart
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi va Xorazm viloyati hokimligida “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash” mavzusida seminar oʻtkazildi.
31-mart
Korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi aʼzoligiga qabul qilish boʻyicha komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda 30 nafar tadbirkor aʼzolikka qabul qilindi.
31-mart
Davlat xaridlari sohasida 2022-yilning mart oyida oʻtkazilgan oʻrganishlar, monitoring va tahlil natijalari eʼlon qilindi.
1-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida oʻquv-seminari tashkil etildi.
Shuningdek, mazkur haftada:
Toshkent viloyati hokimligi, Toshkent Moliya Instituti huzuridagi Moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Akademiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalasiga bagʻishlangan mahorat darslari tashkil etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati dayjesti
(23 - 26-mart kunlari)
Oʻrganishlar:
Toshkent viloyati hokimligida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatining yoʻlga qoʻyilganlik holati hamda mazkur tuzilmalarning natijadorligi oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan viloyat hokimligiga taqdimnoma kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6247-son Farmoni talablariga muvofiq, Andijon, Sirdaryo viloyatlari hamda Transport, Qishloq xoʻjaligi vazirliklarining rasmiy veb-saytlari masofaviy monitoring tartibida tahlil qilindi.
Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida “Obod qishloq” va “Obod mahalla”, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish Dasturlarining ijrosi oʻrganilib, Davlat dasturlari doirasida ayrim obyektlarda ishlar yakunlanmaganligi, haqiqatda bajarilmagan ishlar hisobotlarga qoʻshib koʻrsatilganligi, mahalliy hokimliklarning moliyaviy imkoniyati boʻlishiga qaramasdan mablagʻlar ajratilmaganligi, bajarilishi lozim boʻlgan ishlar parametrlari oʻlchami noqonuniy tarzda kamaytirilganligi holatlari aniqlandi.
Qonunbuzilish holatlariga huquqiy baho berish uchun toʻplangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi, shuningdek, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralarga taqdimnoma kiritildi.
“Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlaridan ajratilgan kreditlar, “Yosh tadbirkor” kovorking markazlari, savdo-maishiy va kichik ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish uchun qurilgan “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarida qonun hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazilmoqda.
Xalqaro hamkorlik doirasida:
23-mart
Agentlik direktori A.Burxanov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi S.Chakrabarti oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.
25-mart
Yevropa Kengashi hamda Bosh prokuratura Akademiyasi vakillari ishtirokida vazirlik va idoralar ichki nazorat tizimi xodimlarini oʻqitish boʻyicha elektron platforma yaratish masalasida uchrashuv tashkil etildi.
Boshqa tadbirlar:
24-mart
Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi yigʻilishi oʻtkazildi.
25-mart
Agentlik direktori A.Burxanovning fuqarolar bilan navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi.
25-mart
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida “Oʻzbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” mavzusida maʼrifat soati tashkil etildi.
26-mart
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi, IIV YHXBB va IIV Akademiyasi shaxsiy tarkibi ishtirokida “Korrupsiya – maʼnaviyat dushmani” mavzusida maʼrifat darsi oʻtkazildi.
Shuningdek, mazkur hafta mobaynida:
Agentlikka yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 23 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 72 ta xat-hujjat kelib tushdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati dayjesti
(14 - 18-mart kunlari)
16-mart
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqidagi” qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida uchinchi oʻqishda maʼqullandi.
19-mart
Oliy Majlis Senatining yigirma toʻrtinchi yalpi majlisi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Agentlik direktorining axboroti eshitildi.
Oʻrganishlar:
Davlat buyurtmachilari tomonidan “etender.uzex.uz” maxsus axborot portaliga joylashtirilgan davlat xaridlari eʼlonlari va ularning natijasi boʻyicha hujjat hamda maʼlumotlar oʻrganilib, 3 ta buyurtmachining jami 2 mlrd 522 million 800 ming soʻmlik davlat xaridlari boʻyicha xarid komissiyalari tomonidan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi va “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunlarning talablari qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlandi va ushbu eʼlonlarni bekor qilish boʻyicha taqdimnoma kiritildi.
Agentlik tomonidan Surxondaryo viloyatida davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatining yoʻlga qoʻyilganligi, byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish hamda korrupsiyaning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligi oʻrganildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6247-son Farmoni talablariga muvofiq, 2021-yilda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ochiq maʼlumotlarni rasmiy veb-saytda hamda Ochiq maʼlumotlar portalida joylashtirilishi holati monitoring qilindi. Unga koʻra, 93 ta davlat organlari va tashkilotlari 2021-yildagi faoliyatiga oid hisobotni eʼlon qilmaganligi, 126 tasi bunday hisobot boʻyicha matbuot anjumanining oʻtkazilish joyi va vaqti haqida hanuzgacha oʻz rasmiy veb-saytiga maʼlumot joylashtirmaganligi aniqlandi.
Seminar va boshqa tadbirlar:
14-18-mart
Navoiy, Qashqadaryo, Surhondaryo, hamda Buxoro viloyatlarida “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash” mavzusida seminar oʻtkazildi.
16-mart
Ichki ishlar Akademiyasida "Ichki ishlar organlarida korrupsiyaga sabab boʻlayotgan shart-sharoit va omillarni kamaytirishni tashkil etish va boshqarish" mavzusida maʼruza tashkil etildi.
16-mart
Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens-nazorat tizimining oʻrni va ahamiyati” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
17-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar” mavzusida seminar oʻtkazildi.
Xalqaro hamkorlik doirasida:
15-mart
Agentlik va Jahon banki vakillari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikning aniq yoʻnalishlarini belgilab olish maqsadida uchrashuv (tashkil etildi.
16-mart
Agentlik va Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy dastur rahbari oʻrtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
18-mart
Agentlik va YEXHT oʻrtasida 2022-yilga moʻljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.
Shuningdek, mazkur davr mobaynida:
Agentlikka yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 37 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 127 ta xat-hujjat kelib tushdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati dayjesti
(28-fevral — 11-mart kunlari)
Maktabgacha taʼlim, Sogʻliqni saqlash, Madaniyat, Suv xoʻjaligi, Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirliklari va Kadastr agentligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularga chek qoʻyish hamda korrupsiyaning oldini olish boʻyicha 2022-2023-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Energetika, Uy-joy va kommunal xizmat koʻrsatish hamda Maktabgacha taʼlim vazirliklari, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi faoliyati joyiga chiqqan holda oʻrganilib, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vazirlik va idoralarga 8 ta taqdimnoma kiritildi.
4-mart
Buxoro viloyati Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasida oʻtkazilgan tekshiruvda 1.mlrd 273 mln.soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlanib,2022-yil 2-mart kuni tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslariga nisbatan prokuratura idoralari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
7-10-mart
Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Andijon viloyati hokimligi tomonidan ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari ijro etilishi holati masofaviy monitoring tartibida oʻrganilib, aniqlangan xato va kamchiliklar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan maʼlumot taqdim etildi.
7-mart
Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasining majlisida Agentlik direktorining davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axboroti dastlabki tarzda koʻrib chiqildi.
1-10-mart
Toshkent shahri, Fargʻona, Sirdaryo hamda Jizzax, Toshkent viloyatlarida “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash” mavzusida seminar oʻtkazildi.
11-mart
Transport vazirligi huzuridagi “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi, Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi hamda Fargʻona viloyati hokimligida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari lavozimiga ishga qabul qilish boʻyicha ochiq tanlov tashkil etildi.
Hamkorlar va ekspertlar ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar:
28-fevral
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi hamda Toshkent shahar qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish choralari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
3-mart
Davlat boshqaruvi akademiyasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkiliy-nazorat va kadrlar boʻlimi xodimlari uchun “Korrupsiyaning oldini olish va “komplayens-nazorat” tizimini joriy etish, davlat xizmatchilarining halolligini oshirish” mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.
3-mart
Bosh prokuratura Akademiyasi va Yevropa Kengashi vakillari bilan birgalikda Yevropa Kengashining “Markaziy Osiyo – huquq ustuvorligi: ochiqlik va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishda hamkorlik” (CA TAEC) dasturi doirasida ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan onlayn oʻquv kurslarning texnik va tashkiliy masalalari muhokama qilindi.
4-mart
Yaponiyada tahsil olib qaytgan ekspertlar ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish Akademiyasini tashkil etish loyihasining muhokamasi boʻlib oʻtdi.
4-5-mart
Agentlik va Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamkorligida Samarqand viloyatida “Korrupsiyaga qarshi kurash masalalarini yoritish boʻyicha jurnalist, bloger, NNT faollarining salohiyatini oshirish” mavzusida trening tashkil etildi.
9-mart
Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan “Yoshlar oʻrtasida giyohvandlik, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uyushgan jinoyatchilikni olidini olish”ga bagʻishlab oʻtkazilgan seminarda Agentlik masʼul xodimlari ishtirok etdi.
11-mart
Gubkin nomidagi neft va gaz universitetida “Korrupsiyaning oldini olish boʻyicha Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan preventiv choralar, oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalari” mavzusida amaliy seminar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Qonun va adolat ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” va “Korrupsiya - taraqqiyotimiz kushandasi” mavzusida davra suhbatida Agentlik masʼul xodimlari ishtirok etdi.
11-mart
Agentlik, Shveysariyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi vakillari oʻrtasida uch tomonlama uchrashuv tashkil etildi.
Brifing va matbuot anjumani:
7-mart
AOKAda “Korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoiy daromadlarni legallashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar” mavzusida brifing oʻtkazildi.
10-mart
Agentlikning 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisida Jamoatchilik kengashi oldidagi hisobotiga bagʻishlangan matbuot ajumani oʻtkazildi.
Shuningdek, mazkur davr mobaynida:
Agentlikka yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 71 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 180 ta xat-hujjat kelib tushdi.
Agentlik rahbariyati va masʼul xodimlari tomonidan 30 nafar fuqaro qabul qilindi.
Qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklardan xabardormisiz?
Qisman xabardorman - 332
Yaxshi xabardorman - 245
Xabardor emasman - 141
Menga qiziq emas - 20