Онлайн-обращение

Сообщить о коррупции

Отменить Сообщить

Fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyuldagi  “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-6013-son Farmonida vazirlik va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining ushbu masalalar bo‘yicha birgalikdagi samarali faoliyatini tashkil etish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.

Shundan kelib chiqqan holda o‘tgan davr mobaynida Agentlik tomonidan suyidagi ishlar amalga oshirildi:

Nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik 3 ta yo‘nalishda amalga oshirildi.

1.1. NNTlarni bu jarayonga faol jalb etish va ularni rag‘batlantirish.

- Oliy Majlis Fondi bilan hamkorlikda nodavlat notijorat tashkilotlari uchun 3 ta yo‘nalishda grant tanlovlari eʼlon qilindi. Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi, Ijtimoiy fikr markazi g‘olib deb topildi.

Hozirda ular bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish ustida ish olib boryapmiz.

1.2. Agentlik huzurida tanlov asosida Jamoatchilik kengashi tashkil etildi.

Kengash aʼzolari agentlik tomonidan tashkil etilayotgan barcha tadbirlarga, norma ijodkorligi jarayonlariga faol jalb qilib kelinmoqda.

Xususan, Davlat dasturlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasi loyihasi va sohaga oid normativ hujjatlarga 100 dan ortiq takliflarini bildirishdi.

Xalkaro ekspertlar tavsiyalari asosida Kengash faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari takomillashtirildi. Ular tomonidan Aʼzolar malakasini oshirishga qaratilgan bir qator seminar va uchrashuvlar tashkil etildi

2) NNTlarni korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlarida bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish NNTlar bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida ularni korrupsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi jarayonlariga jalb etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish, unga murosasizlik kayfiyatini shakllantiruvchi asosiy hamkorlarimiz jurnalistlar uchun ham seminar-treninglar tashkil etildi va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

3) Hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish.

“Yuksalish” va “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda Antikorrupsiya laboratoriyasi loyihasini amalga oshirildi.

“Boshlang‘ich maktabga qabul qilishda korrupsiya xavfi va halollikni baholash” mavzusida o‘rganishlar tashkil etildi.

14 ta hududdagi 114 ta maktabda so‘rovlar o‘tkazildi

Tadqiqotda jami 4 920 nafar respondent, shu jumladan, maktab direktori, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, ota-ona ishtirok etdi.

So‘rov natijalari asosida qonunchilikni va tizimni takomillashtirish uchun tegishli takliflar ishlab chiqildi.

Yoshlar bilan ishlash

Yoshlar bilan ishlash ham alohida eʼtiborimizda bo‘lib kelgan. Bu yo‘nalishda

1. 100 ga yaqin oliy taʼlim muassasalarida seminarlari tashkil etildi.

2. Oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi “Eng yaxshi darslik”, “Eng yaxshi o‘quv-uslubiy qo‘llanma” respublika tanlovi o‘tkazildi.

4.  Yoshlar Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida 500 ga yaqin tadbirlar, shu jumladan, forum va konferensiyalar, ko‘rik-tanlovlar, aksiya va fleshmoblar, hamda treninglarga jalb etildi.

 “Open Data Challenge 2021” xakatonida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishi bo‘yicha maxsus nominatsiya kiritildi. Bunda yoshlar korrupsiyani bartaraf etishga qartilgan o‘z IT tashabbuslari bilan ishtirok etishdi.

Milliy va hududiy kengashlar faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2020 yildagi PF-6013-sonli Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tashkil etildi.

Hozirgi kunga qadar kengashning 9 ta yig‘ilishi tashkil etildi.

Milliy kengash tomonidan “Hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimida korrupsiya darajasini baholovchi Korrupsiyani qabul qilish milliy indeksini tuzish uslubiyoti” tasdiqlandi.

Uslubiyotga asosan har yil yakuni bo‘yicha sotsiologik tadqiqotlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va korrupsiyaga oid jinoyatchilik statistikasi maʼlumotlarini tahlil qilish asosida Korrupsiyani qabul qilish milliy indeksini aniqlash tartibi belgilandi.

Aksilkorrupsiya siyosatiga oid islohotlarning joylarda samarali tatbiq etish borasidagi ishlar ahvolini tahlil qilish maqsadida 14 ta hududda Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining namunaviy eshituvlar tashkil etildi.

2021 yilda korrupsiyaga qarshi kurashishda hududlardagi faoliyatni ham yo‘lga qo‘yish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari tashkil etildi.

Barcha hududiy kengashlar tomonidan matbuot anjumanlari va ularning malakasini oshirish maqsadida seminar treninglar o‘tkazildi.

OAV va targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishi

“Korrupsiya taraqqiyotga qarshi jinoyat”, “Korrupsiyaning oldini olishning samarali yo‘llari” mavzusidagi 12 ta videorolik va 3 turdagi elektron bannerlar tayyorlandi.

200 ga yaqin led ekranlarda 7 turdagi animatsion roliklar

50 dan ortiq bannerlar “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi tomonidan;

1300 dan ortiq “Korrupsiyaning oqibatlari” nomli turkum plakatlar poytaxt jamoat transportiga joylashtirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari, ommaviy axborot vositalarida jami 2400 marotabadan ziyod chiqish qilindi.

Xususan:

Telekanallarda 450 tadan ortiq;

Radiokanallarda  115 tadan ziyod;

Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda 730 dan ortiq;

Veb-saytlarda 775 tadan ortiq.

Другие разделы