Murojaatlarni qabul qiliş tartibi
Qanday amalga oşiriladi
- Murojaat beriş
Murojaatlar oğzaki, yozma yoxud elektron şaklda ariza, taklif va şikoyat şaklida berilişi mumkin. Jismoniy va yuridik şaxslar murojaatni mustaqil ravişda berişga, şuningdek, bu boradagi vakolatni öz vakiliga berişga yoxud murojaatni poçta aloqasi vositalari orqali yoki elektron şaklda yuborişga haqli.
- Röyxatga oliş
Elektron murojaatlar iş vaqti tamom bölgandan keyin tuşgan taqdirda navbatdagi iş kunida röyxatga olinadi. Murojaatni röyxatdan ötkazişni rad etişga yöl qöyilmaydi.
- Körib çiqiş
Ariza yoki şikoyat masalani mazmuni böyiça hal etişi şart bölgan davlat organiga, taşkilotiga yoki ularning mansabdor şaxslariga kelib tuşgan kundan e’tiboran ön beş kun mobaynida, qöşimça örganiş va (yoki) tekşiriş, qöşimça hujjatlarni sörab oliş talab etilganda esa bir oygaça bölgan muddatda körib çiqiladi.
- Qaror va javob
Murojaatlarni körib çiqiş natijalari böyiça davlat organi, taşkiloti tomonidan tegişli qaror qabul qilinadi, bu haqda darhol yozma yoxud elektron şaklda murojaat qiluvçiga xabar beriladi. Murojaatlarga javob xati, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinadi.
- Şikoyat qiliş
Jismoniy va yuridik şaxslar murojaatni qabul qilişni yoki körib çiqişni qonunga xilof ravişda rad etganlik ustidan böysunuv tartibida yuqori turuvçi organga yoki bevosita sudga şikoyat qiliş huquqiga ega.
Muddatlar
Muddatlar murojaat kelib tuşgan kundan boşlab hisoblanadi (38-band).
qöşimça örganiş, tekşiriş yoki hujjatlar talab etilganda — bir oygaça
Murojaatda nimalar körsatiladi
- Jismoniy şaxsning murojaatida jismoniy şaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yaşaş joyi töğrisidagi ma’lumotlar körsatilgan bölişi kerak.
- Yuridik şaxsning murojaatida yuridik şaxsning töliq nomi, uning joylaşgan eri (poçta manzili) töğrisidagi ma’lumotlar körsatilgan bölişi kerak.
- Jismoniy va yuridik şaxsning murojaatida davlat organining, taşkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor şaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) körsatilgan, şuningdek, murojaatning mohiyati bayon etilgan bölişi kerak.
- Murojaatlarda murojaat etuvçilarning elektron poçta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari körsatilişi mumkin.
- Murojaat etuvçilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovçi hujjatlar ilova qilinişi kerak.
- Yozma murojaat murojaat etuvçi jismoniy şaxsning imzosi yoki murojaat etuvçi yuridik şaxs vakolatli şaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bölişi lozim.
Körib çiqilmaydigan murojaatlar
Quyidagi murojaatlar körib çiqilmaydi:
- anonim murojaatlar;
- jismoniy va yuridik şaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovçi hujjatlar mavjud bölmagan taqdirda;
- Qonunda belgilangan boşqa talablarga muvofiq bölmagan murojaatlar.
Murojaat etuvçining huquqlari
Murojaatlar davlat organlari, taşkilotlari va ularning mansabdor şaxslari tomonidan körib çiqilayotganda jismoniy va yuridik şaxslar quyidagi huquqlarga ega:
- murojaatni körib çiqişning borişi töğrisida axborot oliş;
- vajlarni şaxsan bayon etiş va tuşuntirişlar beriş;
- murojaatni tekşiriş materiallari va uni körib çiqiş natijalari bilan tanişiş;
- qöşimça materiallar taqdim etiş yoki bunday materiallarni boşqa organlardan talab qilib oliş töğrisida iltimos qiliş;
- advokat yordamidan foydalaniş;
- murojaatni körib çiqişni töxtatiş töğrisida yoxud murojaatga javobni tuşuntiriş va (yoki) uni tuzatiş töğrisida iltimos qiliş;
- öz murojaatini u körib çiqilguniga qadar va körib çiqilayotgan paytda murojaat böyiça qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron şaklda ariza beriş yöli bilan çaqirib oliş;
- murojaatni qabul qilişni yoki körib çiqişni qonunga xilof ravişda rad etganlik ustidan böysunuv tartibida yuqori turuvçi organga yoki bevosita sudga şikoyat qiliş.
Onlayn murojaat beriş
Elektron murojaat identifikatsiya qilinişi imkoniyatiga ega bölişi kerak.
Namunaviy nizomning töliq matni
Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat iştirokidagi taşkilotlarda jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tartibi töğrisidagi namunaviy nizom. Boblar böyiça — kerakli bobni oçing.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Namunaviy nizom (keyingi örinlarda Nizom deb ataladi) “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuniga (keyingi örinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq davlat organlarida, davlat muassasalarida (keyingi örinlarda davlat organlari deb ataladi) va davlat iştirokidagi taşkilotlarda (keyingi örinlarda davlat taşkilotlari deb ataladi) jismoniy va yuridik şaxslarning, şuningdek ularning mansabdor şaxslarining murojaatlari (keyingi örinlarda murojaat deb ataladi) bilan işlaş tartibini belgilaydi.
2. Uşbu Nizomning amal qilişi:
- körib çiqiş tartibi ma’muriy javobgarlik töğrisidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonun hujjatlari va boşqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga;
- davlat organlarining, taşkilotlarining, şuningdek ular tarkibiy bölinmalarining özaro yozişmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Qonunga muvofiq uşbu Nizomda quyidagi asosiy tuşunçalar qöllaniladi:
- ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oşirişda yordam körsatiş töğrisidagi iltimos bayon etilgan murojaat;
- taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillaştirişga doir tavsiyalarni öz içiga olgan murojaat;
- şikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklaş va qonuniy manfaatlarni himoya qiliş töğrisidagi talab bayon etilgan murojaat;
- anonim murojaat — jismoniy şaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yaşaş joyi töğrisidagi ma’lumotlar yoki yuridik şaxsning töliq nomi, uning joylaşgan eri (poçta manzili) töğrisidagi ma’lumotlar körsatilmagan yoxud ular haqida yolğon ma’lumotlar körsatilgan murojaat, şuningdek, uni identifikatsiya qiliş imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat;
- murojaatning dublikati — aynan bir jismoniy yoki yuridik şaxsning murojaati nusxasi;
- takroriy murojaat — avvalgi murojaatlar böyiça qabul qilingan qaror yuzasidan şikoyat qilingan yoki boşqaça tarzda norozilik bildirilgan, şuningdek, agar takroriy murojaat kelib tuşgan paytda körib çiqişning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan bölsa, avvalgi murojaat öz vaqtida körib çiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir jismoniy yoki yuridik şaxsdan kelib tuşgan murojaat;
- elektron murojaat — belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, şu jumladan davlat organining, taşkilotning rasmiy veb-saytiga joylaştirilgan murojaat, real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilgan oğzaki murojaatlar bundan mustasno;
- ommaviy qabul — davlat organi rahbarining yoki bu borada vakolat berilgan mansabdor şaxsining jismoniy şaxslar va yuridik şaxslarning vakillari bilan ommaviy uçraşuvlarida murojaatlarni qabul qilişga doir harakati;
- video-konferens-aloqa — uzoqda joylaşgan bir neçta abonentlarning real vaqt rejimida audio va videoaxborot almaşiş imkoniyati bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv hamkorlik qilişi;
- davlat iştirokidagi taşkilot — ustav fondida davlat uluşi mavjud bölgan tijorat taşkiloti yoxud töliq yoki qisman davlat organi tomonidan taşkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat taşkiloti.
sayyor qabul — davlat organlari va davlat taşkilotlari rahbarlarining tasdiqlangan jadval asosida joylarga çiqqan holda jismoniy şaxslarni va yuridik şaxslarning vakillarini qabul qilişi bilan boğliq taşkiliy va boşqa çora-tadbirlar majmui.
4. Murojaatlar oğzaki, yozma yoxud elektron şaklda ariza, taklif va şikoyat şaklida berilişi mumkin.
Murojaatlar, ularning şakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega.
Davlat organlarining, taşkilotlarining “işonç telefoni”ga kelib tuşgan murojaatlar oğzaki murojaat sifatida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayd etiladi, röyxatga olinadi va körib çiqiladi.
Davlat organining, taşkilotining rasmiy veb-sayti orqali yoki davlat organining, taşkilotining rasmiy elektron poçta manziliga kelib tuşgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va uşbu Nizomda belgilangan tartibda körib çiqiladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, Internet tarmoğidagi Özbekiston Respublikasi Hukumat portali (keyingi örinlarda Hukumat portali deb ataladi) orqali kelib tuşgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Internet tarmoğida Özbekiston Respublikasining Hukumat portali töğrisida nizom talablari hisobga olingan holda uşbu Nizomda belgilangan tartibda körib çiqiladi.
Ommaviy axborot vositalari tahririyatlaridan kelib tuşgan murojaatlar Qonunda xamda uşbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda körib çiqiladi.
Murojaatlar davlat tilida va boşqa tillarda berilişi mumkin.
2-bob. Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaat etiş huquqlari kafolatlari
5. Qonunga köra, jismoniy va yuridik şaxslarga davlat organlariga, taşkilotlarga va ularning mansabdor şaxslariga yakka tartibda yoki jamoa bölib murojaat etiş huquqi kafolatlanadi.
Murojaat etiş huquqi ixtiyoriy amalga oşiriladi. Heç kim biron-bir murojaatni himoya qilişga yoxud unga qarşi qaratilgan harakatlarda iştirok etişga majbur qilinişi mumkin emas.
Murojaat etiş huquqining amalga oşirilişi boşqa jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, şuningdek, jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.
Qonunga muvofiq, xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik şaxslari, fuqaroligi bölmagan şaxslar Özbekiston Respublikasi davlat organlariga, taşkilotlariga va ularning mansabdor şaxslariga uşbu Qonunga muvofiq murojaat etiş huquqiga ega.
6. Murojaat etiş huquqidan foydalanilayotganda jismoniy şaxsning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, e’tiqodi, şaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga, şuningdek, yuridik şaxslarning mulk şakli, joylaşgan eri (poçta manzili), taşkiliy-huquqiy şakllariga va boşqa holatlariga qarab kamsitişga yöl qöyilmaydi.
7. Davlat organlari, taşkilotlar va ularning mansabdor şaxslari murojaatlarni körib çiqişda Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlari talablariga rioya etişi, ularning töliq, xolisona va öz vaqtida körib çiqilişi uçun çoralar körişi, jismoniy va yuridik şaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari tiklanişini hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinişini ta’minlaş böyiça öz vakolatlari doirasida çoralar körişi şart.
8. Murojaatlar davlat organlari, taşkilotlar va ularning mansabdor şaxslari tomonidan qabul qilinişi va körib çiqilişi şart, uşbu Nizomning 6-bobida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ota-ona qarovisiz qolgan bolalarning davlat organlariga bevosita qilgan murojaatlarini töliq körib çiqiş kafolatlanadi va bola töliq muomala layoqatiga ega emasligi sabablari bilan bunday murojatlari körib çiqilmasligiga yöl qöyilmaydi.
9. Murojaatlarni körib çiqişda jismoniy şaxslarning şaxsiy hayoti, yuridik şaxslarning faoliyati töğrisidagi ma’lumotlar ularning roziligisiz, şuningdek, davlat sirini yoxud qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirni taşkil etuvçi ma’lumotlarning va, agar bu jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini kamsitadigan bölsa, boşqa axborotning davlat organlari, taşkilotlar xodimlari va ular mansabdor şaxslari tomonidan oşkor etilişiga yöl qöyilmaydi.
Jismoniy va yuridik şaxs töğrisidagi, murojaatga taalluqli bölmagan ma’lumotlarni aniqlaşga yöl qöyilmaydi.
Jismoniy şaxsning iltimosiga köra uning şaxsiga doir biron-bir ma’lumot oşkor etilmasligi kerak.
10. Jismoniy şaxsni, uning vakilini, ularning oila a’zolarini, yuridik şaxsni, uning vakilini va yuridik şaxs vakilining oila a’zolarini ular öz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini röyobga çiqariş yoki himoya qiliş maqsadida davlat organlariga, taşkilotlarga va ularning mansabdor şaxslariga murojaat etganligi, şuningdek, murojaatlarda öz fikrini bildirganligi va tanqid qilganligi munosabati bilan ta’qib etiş man etiladi.
3 bob. Murojaatlarni beriş va ularni körib çiqiş tartibi
11. Murojaatlar ularda qöyilgan masalalarni hal etiş öz vakolati doirasiga kiradigan davlat organiga, taşkilotga yoki ularning mansabdor şaxsiga bevosita yoxud böysunuv tartibida yuqori turuvçi organga beriladi.
Jismoniy va yuridik şaxslar murojaatni mustaqil ravişda berişga, şuningdek, bu boradagi vakolatni öz vakiliga berişga yoxud murojaatni poçta aloqasi vositalari orqali yoki elektron şaklda yuborişga haqli.
Voyaga yetmaganlar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati çeklangan şaxslarning manfaatlarini közlab murojaatlar ularning qonuniy vakillari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berilişi mumkin.
12. Jismoniy şaxsning murojaatida jismoniy şaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yaşaş joyi töğrisidagi ma’lumotlar körsatilgan bölişi kerak.
Yuridik şaxsning murojaatida yuridik şaxsning töliq nomi, uning joylaşgan eri (poçta manzili) töğrisidagi ma’lumotlar körsatilgan bölişi kerak.
Jismoniy va yuridik şaxsning murojaatida davlat organining, taşkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor şaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) körsatilgan, şuningdek, murojaatning mohiyati bayon etilgan bölişi kerak.
Murojaatlarda murojaat etuvçilarning elektron poçta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari körsatilişi mumkin.
Murojaat etuvçilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovçi hujjatlar ilova qilinişi kerak.
13. Murojaatga u böyiça ilgari qabul qilingan mavjud qarorlar yoki ularning nusxalari, şuningdek, uni körib çiqiş uçun zarur bölgan boşqa hujjatlar ilova qilinişi mumkin, mazkur hujjatlar qaytarilmaydi, murojaat etuvçi ularni qaytariş haqida yozma ariza bergan holatlar bundan mustasno.
Körsatib ötilgan hujjatlar murojaat taalluqliligi böyiça boşqa davlat organiga, taşkilotga yoki ularning mansabdor şaxsiga yuborilganda murojaatga ilova qilinişi kerak.
14. Murojaat poçta aloqa vositasi orqali konvertda kelib tuşganda konvertda murojaat va unga ilovalar mavjudligi tekşiriladi.
Konvertda murojaat mavjud bölmasa yoki u şikastlangan bölsa, şuningdek, murojaatda körsatilgan ilovalar mavjud bölmasa, dalolatnoma tuzilib, uning bir nusxasi murojaat etuvçiga konvertda körsatilgan manzil böyiça yuboriladi.
Kelib tuşgan murojaatlar konvertlari murojaat etuvçining manzilini, murojaatning jönatilgan va olingan vaqtini aniqlaş uçun saqlab qolinişi mumkin.
15. Yozma murojaat murojaat etuvçi jismoniy şaxsning imzosi yoki murojaat etuvçi yuridik şaxs vakolatli şaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bölişi lozim.
Jismoniy şaxsning yozma murojaatini murojaat etuvçining imzosi bilan tasdiqlaş imkoni bölmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan şaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qöşimça ravişda yozib qöyilişi kerak.
16. Murojaatlarni beriş muddatlari, qoida tariqasida, belgilanmaydi.
Ayrim hollarda, agar davlat organining, taşkilotning yoki ular mansabdor şaxslarining murojaatni körib çiqiş böyiça imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini öz vaqtida amalga oşiriş va himoya qilişni ta’minlaş zaruratiga boğliq bölsa, şuningdek, qonunlarda nazarda tutilgan boşqa asoslarga köra murojaatni beriş muddati belgilanişi mumkin.
Böysunuv tartibida yuqori turuvçi organga ariza yoki şikoyat jismoniy yoki yuridik şaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvçi harakat (harakatsizlik) sodir etilganligi yoxud qaror qabul qilinganligi ma’lum bölgan paytdan e’tiboran uzoği bilan bir yildan keçiktirmay beriladi.
Ariza yoki şikoyat berişning uzrli sababga köra ötkazib yuborilgan muddati arizani yoki şikoyatni körib çiquvçi davlat organi, taşkilot yoki ularning vakolat berilgan mansabdor şaxsi tomonidan tiklanadi.
17. Jismoniy va yuridik şaxslar öz murojaatini u körib çiqilguniga qadar va körib çiqilayotgan paytda murojaat böyiça qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron şaklda ariza beriş yöli bilan çaqirib oliş huquqiga ega. Bunday ariza tuşgan taqdirda murojaatni körib çiqiş töxtatiladi va uç kun mobaynida murojaat davlat organining xati bilan murojaat qiluvçiga qaytariladi.
Murojaatni çaqirib oliş töğrisidagi ariza davlat organlari, taşkilotlari tomonidan qonun buzilişlarini aniqlaş va bartaraf etiş yuzasidan çora-tadbirlar körilişini istisno etmaydi.
4-bob. Davlat organlarida, taşkilotlarida murojaatlar bilan işlaşni taşkillaştiriş
18. Davlat organlarida, taşkilotlarida jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş uşbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oşiriladi.
19. Tuşgan murojaatlarni qabul qiliş, röyxatga oliş va körib çiqiş uçun yuboriş, şuningdek murojaatlarning hisobini yuritiş va körib çiqilişini nazorat qiliş maqsadida davlat organida, taşkilotida belgilangan umumiy ştatdagi xodimlar soni doirasida murojaatlar bilan işlaş böyiça alohida bölinma (keyingi örinlarda murojaatlar bilan işlaş bölinmasi deb ataladi) taşkil etiladi.
Murojaatlar bilan işlaş bölinmasi davlat organlariga tuşgan murojaatlar hajmidan, xodimlar soni va iş hajmidan kelib çiqqan holda alohida bölim, bölinma yoki guruh şaklida taşkil etilişi mumkin.
Murojaatlar bilan işlaş bölinmasi murojaatlarning körib çiqilişini nazorat qiliş masalalarida bevosita davlat organi, taşkiloti rahbariga böysunadi.
20. Murojaatlar bilan işlaş böyiça bölinma:
- tarkibiy bölinmalar tomonidan murojaatlar körib çiqilişini doimiy nazorat qiladi va uning monitoringini olib boradi, ularning öz vaqtida va zarur tarzda körib çiqilişini ta’minlaş çora-tadbirlarini köradi;
- murojaatlarni körib çiqiş muddatlari va tartibi tarkibiy bölinmalar tomonidan buzilişi töğrisida davlat organi, taşkiloti rahbarini darhol xabardor qiladi;
- monitoring natijalari böyiça har oyda davlat organi, taşkiloti rahbariga murojaatlar körib çiqilişining holati töğrisidagi axborotni, zaruriyat bölganda, mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş, murojaatlar töğrisidagi qonun hujjatlari buzilişiga yöl qöygan davlat organi, taşkiloti xodimlariga nisbatan javobgarlik çoralarini köriş yuzasidan tegişli takliflar bilan birgalikda taqdim etadi.
21. Murojaatlar bilan işlaş böyiça bölinmaning xodimlariga quyidagi qöşimça talablar qöyiladi:
- örta maxsus yoki oliy ma’lumotga ega böliş;
- kamida uç yillik iş staji bölişi;
- ularning xodimi bölgan davlat organi, taşkiloti bölinmalarining faoliyati, funksiyalariga oid majburiyatlari töğrisida xabardor böliş;
- yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega böliş;
- kirişimlilik;
- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni qöllaşni biliş.
Bölinma xodimlari murojaatlar bilan işlaş böyiça öz faoliyatini amalga oşirişda iltifotli, qat’iyatli, e’tiborli bölişi kerak, murojaat qiluvçilarga nisbatan xuşmuomalali, vazmin va e’tiborli, şaxsning şa’nini kamsitmasligi, unga nisbatan mehribon bölişi şart.
Murojaatlar bilan işlaş bölinmasi xodimlari öz xizmat vazifalarini bajariş vaqtida taşqi körinişi böyiça jismoniy va yuridik şaxslarning davlat organlariga, taşkilotlariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bölişiga kömaklaşişi, umumiy qabul qilingan iş tartibiga rioya etişi vazmin va intizomli bölişi kerak.
22. Davlat organlari, taşkilotlar murojaatlar bilan iş olib boruvçi öz xodimlarini öqitadi va uç yilda kamida bir marta ularning malakasini oşiradi.
23. Davlat organlari, taşkilotlari uşbu Nizomning talablariga köra, murojaatlar bilan işlaşda elektron hujjat aylanişi tizimini joriy etişi mumkin.
Davlat organlarida, taşkilotlarida murojaatlar bilan işlaş:
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi va Hukumat portali orqali kelib tuşgan murojaatlar elektron şaklda;
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahri, tuman va şaharlardagi (tumanga böysunuvçi şaharlardan taşqari) Özbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi orqali kelib tuşgan murojaatlar yozma va yoki elektron şaklda olib boriladi.
24. Aholi bilan töğridan töğri muloqotni taşkil etiş, murojaatlarning körib çiqilişi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oşiriş, şuningdek, murojaatlar bilan işlaşda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniş maqsadida davlat organlari, taşkilotlar va ularning mansabdor şaxslari öz virtual qabulxonalarini taşkil etişi mumkin.
Virtual qabulxonalar qaysi davlat organi, taşkilot yoki ularning qaysi mansabdor şaxslari tomonidan tuzilgan bölsa öşa davlat organi, taşkilot yoki ularning mansabdor şaxslari nomidan faoliyat körsatadi.
25. Jismoniy va yuridik şaxsning murojaatida körsatilgan masalani har tomonlama va öz vaqtida hal qiliş maqsadida, murojaatda körsatilgan masalani körib çiqiş (hal qiliş) bir neçta davlat organlari va taşkilotlarining vakolatiga kirsa, murojaatni körib çiquvçi davlat organi va taşkiloti boşqa davlat organlari va taşkilotlariga jismoniy va yuridik şaxsning murojaatini kollegial eşitişni ötkaziş uçun murojaat qilişga haqli.
5-bob. Murojaatlarni körib çiqiş tartibi va muddatlari
26. Yozma va elektron (agar davlat organlari, taşkilotlari va mahalliy ijro etuvçi organlarda jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşda elektron hujjat aylaniş dasturi joriy etilmagan bölsa, qoğozga bosib çiqarilgan) murojaatlar murojaatlarni röyxatga oliş jurnaliga tegişli yozuvlarni kiritiş, uşbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq şakl böyiça hisobga oliş kartoçkasini töldiriş va murojaatning birinçi sahifasi quyi öng qismida röyxatga oliş ştampini qöyiş yöli bilan murojaatlar bilan işlaş böyiça bölinmada röyxatga olinadi.
Murojaatlar yozma yoki elektron tarzda röyxatga olinişi mumkin.
Murojaatlarni röyxatga oliş jurnalida murojaatning tartib raqami, murojaat qilgan jismoniy şaxsning familiyasi (ismi va otasining ismi), uning yaşaş joyi, yuridik şaxsning nomi, uning joylaşgan joyi, murojaatning qisqaça mazmuni, murojaat qabul qilingan sana, dublikat yoki murojaatlarning takroriyligi, nazoratga olinganligi töğrisidagi belgi, ijroçi etib belgilangan davlat organi, taşkiloti tarkibiy bölinmasining nomi, sana körsatilgan holda ijro etiş töğrisidagi belgi körsatiladi.
Qayd etiş ştampida davlat organining, taşkilotining rasmiy nomi (umumqabul qilingan qisqartirilgan nom yoki qisqartma körsatilişi mumkin), murojaatning kelib tuşgan sanasi va qayd raqami körsatiladi.
Murojaatlarning tartib raqamlari har yil boşidan yangidan hisoblanadi.
27. Jismoniy şaxslar va yuridik şaxslarning vakillari davlat organiga, taşkilotiga oğzaki murojaat etişganda ular tomonidan taqdim qilingan yozma murojaatlar hamda boşqa materiallar qabul qilinişi va uşbu Nizomning 26-bandiga muvofiq töldirilgan hisobga oliş kartoçkasiga ilova qilinişi kerak.
Röyxatga olingan murojaatlar kelib tuşgan paytidan boşlab bir iş kunidan keçikmay davlat organi, taşkiloti rahbariga, uning örinbosariga yoki tarkibiy bölinma rahbariga kiritiladi, u mas’ul tarkibiy bölinmani (xodimni) belgilagan holda murojaatni körib çiqiş böyiça rezolyutsiyani (topşiriqnoma) qöyadi.
Rezolyutsiya (topşiriqnoma) qöyilgan paytdan boşlab bir iş kuni mobaynida murojaatlar bilan işlaş böyiça bölinma murojaatni ijro etuvçi sifatida belgilangan tarkibiy bölinmaga (xodimga) imzo qöydirgan holda beradi. Bunda ijroçi etib belgilangan tarkibiy bölinma (xodim)tomonidan ijro etiş töğrisidagi belgi qöyiladi.
28. Davlat organiga, taşkilotga kelib tuşgan murojaatlar davlat organining, taşkilotning iş yurituviga qabul qilinişi, böysuniş tartibida davlat organining, taşkilotining quyi bölinmasiga (taşkilotga) (keyingi örinlarda quyi organ deb ataladi) yuborilişi yoki tegişliligi böyiça boşqa davlat organiga, taşkilotga yuborilişi mumkin.
29. Quyi organ tomonidan körib çiqilişi kerak bölgan murojaatlar unga kelib tuşgan kunidan boşlab beş kun muddatdan keçiktirmay xat bilan yoki davlat organining, taşkilotining rahbari yoki tarkibiy bölinmaning rahbari tomonidan imzolangan topşiriq bilan birga yuborilişi, bu haqda murojaat qiluvçiga yozma yoxud elektron şaklda xabar berilişi kerak.
30. Agar murojaatda bir neçta tarkibiy bölinmaga tegişli masalalar mavjud bölsa, ularning barçasi murojaatni körib çiqiş böyiça ijro etuvçilar etib belgilanadi. Ijro etuvçilar orasida birinçi bölib körsatilgan tarkibiy bölinma boşqa tarkibiy bölinmalar bilan birgalikda murojaat körib çiqilişini ta’minlaydi.
31. Murojaatni töliq, xolisona va öz vaqtida körib çiqiş uçun qöşimça ma’lumotlar, ma’lumotnomalar va materiallarga zarurat paydo bölgan taqdirda, mazkur murojaatni körib çiqayotgan davlat organi, taşkilot yoki ularning mansabdor şaxslari murojaat etuvçidan, şuningdek, öz vakolatlari doirasida boşqa davlat organlaridan, boşqa taşkilotlardan va mansabdor şaxslardan qöşimça axborotni sörab olişi mumkin. Agar axborot davlat sirini yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirni taşkil etuvçi ma’lumotlarni öz içiga olgan bölmasa, jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, davlat organlari, taşkilotlar va ularning mansabdor şaxslari özlaridan söralayotgan axborotni ön kun içida taqdim etişi şart.
32. Agar murojaatni körib çiqiş jarayonida murojaatning dublikati kelib tuşsa, uşbu murojaat avval tuşgan murojaat bilan birgalikda körib çiqiladi hamda natijasi böyiça yagona javob beriladi.
Agar murojaatning dublikati murojaat körib çiqilganidan va javob yuborilganidan keyin kelib tuşsa, bu haqda davlat organi, taşkilot yoki ularning mansabdor şaxslari murojaat etuvçini yozma tartibda xabardor qiladi.
33. Agar murojaatda örtaga qöyilgan masalalar xöjalik yurituvçi subyektlar faoliyatiga daxldor bölsa, ularning vakillari murojaatni körib çiqişda iştirok etiş uçun davlat organlari, taşkilotlari tomonidan öz vakolatlari doirasida jalb etiladi.
Zarur hollarda murojaatlarni körib çiqiş uçun davlat organi, taşkiloti tomonidan tegişli mutaxassislar jalb etilişi mumkin.
34. Qöyilgan masalalarni hal etiş özining vakolati doirasiga kirmaydigan davlat organiga, taşkilotiga kelib tuşgan murojaatlar beş kun muddatdan keçiktirmay davlat organining, taşkilotining rahbari yoki tarkibiy bölinmaning rahbari tomonidan imzolangan xat bilan tegişli organlarga yuboriladi, bu haqda murojaat qiluvçiga yozma yoxud elektron şaklda xabar qilinadi.
Murojaatni körib çiqiş uçun asossiz ravişda boşqa davlat organlariga, taşkilotlariga ötkaziş yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan şikoyat qilinayotgan organlarga yoki mansabdor şaxslarga yuboriş taqiqlanadi.
Agar murojaatlarda ularni tegişli organlarga yuboriş uçun zarur bölgan ma’lumotlar mavjud bölmasa, u holda ular beş kun muddatdan keçiktirmay asoslantirilgan tuşuntiriş bilan murojaat qiluvçilarga qaytariladi.
35. Murojaatni körib çiqayotgan davlat organi, taşkiloti yoki ularning mansabdor şaxslari öz taşabbusiga köra yoxud murojaat etuvçining iltimosiga köra uni eşitişni taşkil etişi mumkin.
Davlat organi, taşkiloti yoki ularning mansabdor şaxslari murojaat etuvçiga murojaatda kötarilgan masalalar böyiça öz fikrini bildiriş va murojaat böyiça qöşimça axborot taqdim etiş imkoniyatini beradi.
Zarur hollarda murojaat etuvçini eşitişga ekspertlarni, mutaxassislarni va manfaatdor taşkilotlarning vakillarini jalb etiş mumkin.
36. Agar murojaatda joyning özida örganişni talab etuvçi holat bayon qilingan bölsa, şuningdek, boşqa zarur hollarda murojaatni körib çiquvçi davlat organi, taşkiloti murojaatni joyning özida körib çiqişni ta’minlaşi mumkin. Murojaatni joyning özida körib çiqiş davlat organi, taşkiloti rahbarining topşiriği yoki uning roziligi bilan amalga oşiriladi.
37. Murojaatni murojaat qilgan yoki boşqa şaxsning iştirokisiz körib çiqişning imkoniyati bölmaganda, ular davlat organi, taşkilotining mansabdor şaxsi tomonidan çaqirilişi mumkin. Çaqirilgan murojaat qiluvçi kelmagan taqdirda davlat organi, taşkilotining mansabdor şaxsi murojaatni uning iştirokisiz körib çiqiş mumkin emasligi töğrisida javob yuboradi.
38. Murojaatlar bilan işlaş muddatlari ular davlat organiga, taşkilotiga kelib tuşgan kundan boşlab hisoblanadi. Agar tegişli muddatning oxirgi kuni dam oliş va bayram kunlariga töğri kelsa, navbatdagi iş kuni muddat tugaydigan kun hisoblanadi.
Elektron murojaatlar iş vaqti tamom bölgandan keyin tuşgan taqdirda navbatdagi iş kunida röyxatga olinadi.
Murojaatni röyxatdan ötkazişni rad etişga yöl qöyilmaydi.
Davlat organi, taşkilotining rahbariga yoki bunga vakolat berilgan boşqa mansabdor şaxsiga ommaviy qabullar vaqtida tuşgan va joyida hal etilgan oğzaki murojaatlarni röyxatdan ötkaziş talab qilinmaydi. Bunda jismoniy şaxsning yoki yuridik şaxs vakilining familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yaşaş joyi töğrisidagi ma’lumotlar, murojaatning qisqaça mazmuni, şuningdek, uni körib çiqiş natijasi ommaviy qabul bayonnomasida körsatiladi.
39. Ariza yoki şikoyat masalani mazmuni böyiça hal etişi şart bölgan davlat organiga, taşkilotiga yoki ularning mansabdor şaxslariga kelib tuşgan kundan e’tiboran ön beş kun mobaynida, qöşimça örganiş va (yoki) tekşiriş, qöşimça hujjatlarni sörab oliş talab etilganda esa bir oygaça bölgan muddatda körib çiqiladi.
Ariza va şikoyatlarni körib çiqiş uçun tekşiriş ötkaziş, qöşimça materiallarni sörab oliş yoxud boşqa çora-tadbirlar köriş zarur bölgan hollarda, ularni körib çiqiş muddatlari tegişli davlat organi, taşkiloti rahbari tomonidan, istisno tariqasida, köpi bilan bir oyga uzaytirilişi mumkin, bu haqda murojaat etuvçiga xabar qilinadi.
40. Taklif davlat organiga, taşkilotiga kelib tuşgan kundan e’tiboran bir oygaça bölgan muddatda körib çiqiladi, qöşimça örganişni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik şaxsga ön kun muddatda yozma şaklda xabar qilinadi.
41. Ayrim hollarda davlat organi, taşkilotining rahbari yoki uning örinbosari murojaatlarni körib çiqiş muddatlarini qisqartirişlari mumkin.
42. Murojaatlarni körib çiqiş natijalari böyiça davlat organi, taşkiloti tomonidan tegişli qaror qabul qilinadi, bu haqda darhol yozma yoxud elektron şaklda murojaat qiluvçiga xabar beriladi.
Murojaatni qoniqtirmaslik töğrisidagi qarorni:
- respublika ahamiyatiga molik taşkilotda, davlat organida — rahbar, uning örinbosarlari, tarkibiy bölinmalar rahbarlari;
- viloyat ahamiyatiga molik taşkilotda, davlat organida — rahbar, uning örinbosarlari;
- tuman va şahar ahamiyatiga molik taşkilotda, davlat organida — rahbar qabul qiladi.
Murojaatga javob xatida murojaatda körsatilgan har bir masala böyiça vajlarni rad etuvçi yoki tasdiqlovçi aniq asoslar (zaruriyatga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) bölişi kerak.
43. Murojaatga javob xati davlat organi, taşkiloti yoki uning tarkibiy bölinmasi rahbari tomonidan imzolanadi.
Murojaatlarga javob xati, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinadi.
44. Jismoniy yoki yuridik şaxslar jamoa bölib murojaat qilgan taqdirda, ularning murojaatlari Qonun talablari va mazkur Nizomga muvofiq körib çiqiladi. Bunda murojaatga javob murojaat qilganlarning röyxatida birinçi bölib körsatilgan şaxsga yoki, ularning talabiga köra, boşqa şaxsga yuboriladi.
45. Jismoniy yoki yuridik şaxsning iltimosiga köra murojaatni körib çiqqan davlat organi, taşkiloti va ularning mansabdor şaxslari murojaatga javobni uning mazmunini özgartirmasdan tuşuntirişi, şuningdek yöl qöyilgan xatolar va arifmetik xatolarni öz taşabbusiga köra yoki murojaat qiluvçining iltimosiga köra, murojaatga javobning mazmuniga daxl qilmagan holda tuzatişi şart.
Murojaat qiluvçining murojaatga javobni tuşuntiriş va uni tuzatiş töğrisidagi iltimosi u kelib tuşgan kundan e’tiboran ön kun içida körib çiqiladi.
46. Murojaat, unda kötarilgan barça masalalar Qonun talablariga muvofiq körib çiqilgan va murojaat qiluvçiga tegişli javob yuborilgan taqdirda körib çiqilgan hisoblanadi.
Murojaat qiluvçiga javob yuborilgan kun murojaatni körib çiqiş tugallangan kun hisoblanadi, bu haqda murojaatlar bilan işlaş böyiça bölinma murojaatlarni röyxatga oliş jurnaliga va hisobga oliş kartoçkasiga belgi qöyadi.
47. Yuqori davlat organining nazoratida turgan murojaatlar böyiça murojaatni körib çiqqan davlat organi murojaat qiluvçiga yuborilgan javob xatining nusxasini ilova qilgan holda murojaatni körib çiqiş natijalari töğrisida yuqori davlat organiga yozma şaklda xabar beradi.
48. Körib çiqilgan murojaatlarni va ular bilan boğliq materiallarni saqlaş murojaatlar bilan işlaş böyiça bölinmada belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
6-bob. Murojaatlarni körmay qoldiriş va körib çiqişni tugatiş
49. Quyidagi murojaatlar körib çiqilmaydi:
- anonim murojaatlar;
- jismoniy va yuridik şaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovçi hujjatlar mavjud bölmagan taqdirda;
- Qonunda belgilangan boşqa talablarga muvofiq bölmagan murojaatlar.
50. Murojaatni anonim deb e’tirof etiş murojaatlar bilan işlaş böyiça bölinma yoki tarkibiy bölinma rahbari tomonidan amalga oşiriladi.
Murojaat anonim deb e’tirof etilganda bu haqda xulosa tuziladi. Xulosada murojaatni anonim deb e’tirof etiş uçun asoslar körsatiladi. Murojaatni anonim deb e’tirof etiş töğrisidagi xulosa murojaatlar bilan işlovçi bölinma rahbari yoki tarkibiy bölinma rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat organlarining, taşkilotlarining işonç telefonlari, “tezkor aloqa”ga tuşgan murojaatlar Qonunda nazarda tutilgan tartibda anonim deb e’tirof etilişi mumkin.
Anonim deb e’tirof etilgan murojaatlar xulosa tasdiqlangan paytdan boşlab nazoratdan yoki ijrodan olinadi va körib çiqilmaydi.
51. Jismoniy va yuridik şaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar kelib tuşganda, murojaatlar bilan işlaş böyiça bölinma yoki tarkibiy bölinma ularning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekşiradi.
Agar murojaatda jismoniy va yuridik şaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bölmasa, bu haqda murojaatlar bilan işlaş böyiça bölinmaning rahbari yoki tarkibiy bölinma rahbari tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tuziladi.
Jismoniy va yuridik şaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud emasligi töğrisidagi xulosa tasdiqlangan paytdan boşlab uşbu murojaat körib çiqilmaydi, bu haqda murojaat qiluvçi yozma ravişda xabardor qilinadi.
52. Murojaatlar körmay qoldirilganda tegişli xulosa tuziladi, u davlat organining, taşkilotining rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor şaxsi tomonidan tasdiqlanadi.
Jismoniy va yuridik şaxs vakilining vakolatini tasdiqlovçi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar körmay qoldirilganligi töğrisida murojaat qiluvçi tegişli tartibda xabardor qilinadi.
53. Murojaatlarni körib çiqiş quyidagi hollarda tugatiladi:
- agar takroriy murojaatlarda yangi vajlar yoki yangidan oçilgan holatlar keltirilmagan bölsa, ilgarigi murojaat materiallarida esa tekşiruvlarning töla-tökis materiallari mavjud bölsa va murojaat qiluvçiga belgilangan tartibda javoblar berilgan bölsa;
- agar murojaat qiluvçi öz murojaatini belgilangan tartibda çaqirib olgan bölsa yoki uni körib çiqişni tugatiş töğrisida iltimos qilgan bölsa;
- yaşaş joyi, turgan joyi (poçta manzili), elektron poçta manzili yoki boşqa rekvizitlari özgarganligi töğrisida öz vaqtida xabardor qilmaganligi tufayli çaqirişning imkoni yöqligi sababli murojaatni murojaat qiluvçining iştirokisiz körib çiqiş imkoniyati bölmaganda;
- murojaatni murojaat qiluvçining iştirokisiz körib çiqiş imkoniyati mavjud emasligi sababli, davlat organi, taşkilot yoki ularning mansabdor şaxsi tomonidan çaqirilgan murojaat qiluvçi kelmay qolgan taqdirda;
- agar murojaat qiluvçi jismoniy şaxs vafot etganidan söng murojaatni körib çiqiş huquqiy vorislikka yöl qöymasa.
54. Murojaatni körib çiqişni tugatiş töğrisidagi qarorni davlat organining, taşkilotining rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor şaxsi qabul qiladi.
Takroriy murojaatni körib çiqiş uşbu Nizomning 53-band ikkinçi xatboşisiga muvofiq tugatilganda, murojaat qiluvçi takroriy murojaatning asossizligi va uşbu masala yuzasidan u bilan yozişmalar tugatilişi töğrisida yozma ravişda xabardor qilinadi. Yozişmalar olib boriş tugatilgan murojaat qiluvçidan takroriy murojaat kelib tuşgan taqdirda, bunday murojaatni körib çiqiş murojaat qiluvçini bu haqda xabardor qilmasdan tugatiladi.
Murojaatni körib çiqiş uni çaqirib oliş töğrisidagi ariza böyiça tugatilganda murojaat murojaat qiluvçiga davlat organining, taşkilotning yoki ular mansabdor şaxsining xati bilan birga uç kun içida qaytariladi. Murojaatni çaqirib oliş töğrisidagi ariza qonun buzilişlarini aniqlaş va bartaraf etiş yuzasidan çora-tadbirlar körilişini istisno etmaydi.
Murojaat qiluvçi çaqirilgan jismoniy şaxsning yoki yuridik şaxs vakilining kelmay qolganligi sababli murojaatni körib çiqişni tugatiş töğrisida tegişli tartibda xabardor qilinadi
7 bob. Jismoniy şaxslarni va yuridik şaxslarning vakillarini qabul qilişni taşkil etiş
55. Davlat organlarida, taşkilotlarida, şuningdek, ularning mansabdor şaxslari tomonidan jismoniy şaxslarni va yuridik şaxslarning vakillarini qabul qiliş taşkil etiladi.
Davlat organlarining rahbarlari yoki bu borada vakolat berilgan boşqa mansabdor şaxslari tomonidan jismoniy şaxslarning va yuridik şaxslar vakillarining sayyor qabullari, şuningdek ommaviy qabullar taşkil etilişi mumkin.
551. Barça darajadagi davlat organlari va taşkilotlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlarining jismoniy şaxslarni va yuridik şaxslarning vakillarini joylarda sayyor qabul qiliş böyiça jadvallari (yillik yoki yarim yillik) işlab çiqilib, mos ravişda yuqori turuvçi davlat organlari va taşkilotlari rahbarlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
56. Davlat organlari, taşkilotlari rahbarlari tomonidan jismoniy şaxslarni va yuridik şaxslarning vakillarini şaxsiy, sayyor va ommaviy qabul qiliş belgilangan kun va soatlarda, qabul qiliş jadvaliga muvofiq ötkaziladi.
Şaxsiy, sayyor va ommaviy qabul qiliş jadvali va uni ötkaziş vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yoziliş töğrisidagi axborot, qabul qiliş tartibi ularni davlat organlari, taşkilotlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qiliş, şuningdek, ularning ma’muriy binosida hamma kirişi mumkin bölgan joylardagi stendlarga yoki boşqa texnik vositalarga joylaştiriş orqali manfaatdor şaxslar e’tiboriga yetkaziladi.
Sayyor va ommaviy qabul ötkaziladigan viloyat, şahar va tumanlardagi tegişli davlat organlari, taşkilotlari hamda fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan bir hafta oldin aholi bilan tarğibot işlari amalga oşiriladi.
57. Davlat organlari va taşkilotlarida jismoniy şaxslarni va yuridik şaxslarning vakillarini qabul qiliş uçun alohida xona ajratiladi.
Şaxsiy qabul davomida davlat organi, taşkiloti rahbarining qaroriga köra va murojaat etuvçiga bu haqda xabar bergan holda maxsus texnika vositalari (audio- va videoyozuv, şuningdek fotosuratga oliş) qöllanilişi mumkin.
58. Oğzaki murojaatlar bilan kelgan jismoniy şaxslar va yuridik şaxslarning vakillari murojaatlar bilan işlaş böyiça bölinmaning rahbari yoxud boşqa mas’ul xodim, şuningdek davlat organi, taşkiloti tarkibiy bölinmalarining (keyingi örinlarda tarkibiy bölinma deb ataladi), taşkilotning rahbarlari yoxud boşqa mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilinadi.
Murojaat qiluvçining şaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar tekşirilgandan keyin uşbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq şakl böyiça hisobga oliş kartoçkasi töldiriladi. Hisobga oliş kartoçkasi oğzaki murojaat sifatida röyxatga olinadi.
59. Jismoniy şaxs oğzaki murojaat etayotganda öz şaxsini tasdiqlovçi hujjatni, yuridik şaxsning vakili esa öz vakolatlarini tasdiqlaydigan va öz şaxsini tasdiqlovçi hujjatni körsatişi kerak, ommaviy qabul vaqtida kelib tuşgan murojaatlar bundan mustasno.
Oğzaki murojaatlar real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, şu jumladan davlat organlarining, taşkilotlarining işonç, tezkor aloqa telefonlari orqali va video-konferens-aloqa vositasida ham berilişi mumkin.
60. Murojaatlar bilan işlaş böyiça bölinma qabulga kelgan jismoniy şaxslarni va yuridik şaxslarning vakillarini qabul qilişni, şuningdek jismoniy şaxslarni va yuridik şaxslarning vakillarini qabul qiliş bilan boğliq işlarni taşkil etadi.
61. Davlat organida, taşkilotida jismoniy şaxslarni va yuridik şaxslarning vakillarini qabul qiliş murojaatlar bilan işlaş böyiça bölinma yoki tegişli tarkibiy bölinma xodimlari iştirokida amalga oşiriladi.
62. Jismoniy şaxslarni va yuridik şaxslarning vakillarini qabul qiluvçi rahbar yoki vakolatli şaxsning körsatmasi böyiça davlat organini, taşkilotining boşqa xodimlari ham qabul qiliş jarayoniga jalb etilişi mumkin.
63. Agar jismoniy şaxslarni va yuridik şaxslarning vakillarini şaxsiy, sayyor va ommaviy qabul qiliş paytida murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etiş davlat organi, taşkiloti yoki ularning mansabdor şaxsining vakolatiga kirmasligi aniqlangan taqdirda, ularga murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etiş uçun qaysi organga yoki taşkilotga murojaat qiliş kerakligi tuşuntiriladi. Bunda jismoniy şaxslarning va yuridik şaxslar vakillarining talabi bilan bu haqda yozma şaklda javob beriladi.
64. Jismoniy şaxslarning va yuridik şaxslar vakillarining sayyor qabullari, şuningdek ommaviy qabullar, zarur bölgan hollarda, qabul qiliş jadvallaridan taşqari ötkazilişi mumkin. Ommaviy qabul hovlilarga (kvartiralarga), boşqa binolarga va joylarga birma-bir kirib çiqiş orqali ham ötkazilişi mumkin.
65. Jismoniy şaxslar va yuridik şaxslar vakillarining sayyor va ommaviy qabullar vaqtida berilgan oğzaki murojaatlari uşbu Nizomning 58-bandiga muvofiq rasmiylaştiriladi va röyxatga olinadi hamda belgilangan tartibda körib çiqiladi.
651. Joylarda uçraşuvlarni ötkaziş mavzusiga mamlakatning strategik maqsadlarini amalga oşirişda ustuvor bölgan fuqarolik jamiyatini va xalq bilan oçiq muloqotni rivojlantiriş, inson huquq va manfaatlarini, davlat va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari faoliyatining oçiqligini ta’minlaş, amalga oşirilayotgan islohotlarning tub mohiyati va hududlarni kompleks rivojlantirişning istiqbolli rejalari töğrisida aholiga yetkaziş, joylardagi tizimli muammolarni aniqlaş va ularni yeçimlarini topiş, jismoniy şaxslarni va yuridik şaxslarning vakillarini qabul qiliş, murojaatlarni körib çiqiş kabi dolzarb masalalar kiritilişi lozim.
652. Sayyor va ommaviy qabulni ötkaziş natijalari böyiça tegişli bayon töldiriladi, çora-tadbirlar rejasi işlab çiqiladi.
66. Ommaviy qabullar vaqtida davlat organining va taşkilotining rahbariga yoki vakolat berilgan boşqa mansabdor şaxsiga kelib tuşgan va joyida hal etilgan oğzaki murojaatlarga yozma javob yoki elektron şakldagi javob talab etilmaydi.
8-bob. Jismoniy şaxslarni va yuridik şaxslarning vakillarini video-konferens-aloqa vositasida qabul qilişni taşkil etiş
67. Jismoniy şaxs va yuridik şaxslarning vakili davlat organi, taşkilotining rahbariga yoxud ularning mansabdor şaxslarga videokonferensaloka vositasida murojaat berişi, oldindan tasdiqlangan maxsus axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qöllagan holda video-konferens-aloqa jadval orqali amalga oşiriladi.
68. Buning uçun murojaat etuvçi video-konferens-aloqa örnatilgan tegişli davlat organi, taşkilotiga belgilangan tartibdagi talabnoma bilan murojaat qiladi. Ariza elektron şaklda berilişi mumkin.
Talabnomada quyidagilar körsatilişi kerak:
- jismoniy şaxs uçun — murojaat etuvçining familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yaşaş joyi töğrisidagi ma’lumotlar;
- yuridik şaxsning töliq nomi, uning joylaşgan eri (poçta manzili) töğrisidagi ma’lumotlar;
- elektron poçta manzili;
- aloqa telefoni va/yoki faksning raqami;
- video-konferens-aloqa ötkazişga qulay sana va vaqt;
- murojaat tili;
- murojaatning qisqaça mazmuni.
Murojaat etuvçilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovçi hujjatlar ilova qilinadi.
69. Video-konferens-aloqa orqali kelib tuşgan murojaatlar kelib tuşgan paytidan boşlab bir iş kunidan keçikmay murojaatlar bilan işlaş bölinmasi tomonidan röyxatga olinişi va davlat organi, taşkilotining rahbariga kiritilişi kerak.
70. Davlat organi, taşkilotining rahbari, talabnomani körib çiqib, video-konferens-aloqa orqali qörib çiqiş yoki körib çiqişni rad etiş haqida qaror qabul qiladi.
Qabul qilingan qaror, video-konferens-aloqa orqali murojaatni qörib çiqiş vaqti va joyi haqida davlat organi, taşkiloti jismoniy va yuridik şaxslarni belgilangan tartibda ogohlantiradi
71. Video-konferens-aloqa orqali murojaatni qabul qiliş jadvali özgargan taqdirda, murojaatlar bilan işlaş bölinmasi oldindan (elektron poçta, aloqa telefon va/yoki faks raqamlari, poçta va boşqalar) orqali ogohlantirişi kerak.
72. Video-konferens-aloqa orqali kelib tuşgan murojaatlar oğzaki murojaat sifatida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayd etiladi, röyxatga olinadi va körib çiqiladi.
9-bob. Jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari
73. Murojaatlar davlat organlari, taşkilotlari va ularning mansabdor şaxslari tomonidan körib çiqilayotganda jismoniy va yuridik şaxslar quyidagi huquqlarga ega:
- murojaatni körib çiqişning borişi töğrisida axborot oliş;
- vajlarni şaxsan bayon etiş va tuşuntirişlar beriş;
- murojaatni tekşiriş materiallari va uni körib çiqiş natijalari bilan tanişiş;
- qöşimça materiallar taqdim etiş yoki bunday materiallarni boşqa organlardan talab qilib oliş töğrisida iltimos qiliş;
- advokat yordamidan foydalaniş;
- murojaatni körib çiqişni töxtatiş töğrisida yoxud murojaatga javobni tuşuntiriş va (yoki) uni tuzatiş töğrisida iltimos qiliş;
- öz murojaatini u körib çiqilguniga qadar va körib çiqilayotgan paytda murojaat böyiça qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron şaklda ariza beriş yöli bilan çaqirib oliş;
- murojaatni qabul qilişni yoki körib çiqişni qonunga xilof ravişda rad etganlik ustidan böysunuv tartibida yuqori turuvçi organga yoki bevosita sudga şikoyat qiliş.
Jismoniy va yuridik şaxslar qonun hujjatlariga muvofiq boşqa huquqlarga ham ega bölişi mumkin.
74. Jismoniy va yuridik şaxslar, davlat organlari, taşkilotlari va ularning mansabdor şaxslari tomonidan murojaatlarni körib çiqişda özlarining xatti-harakatlari bilan boşqa jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, şuningdek, jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.
10-bob. Murojaatlarni körib çiqişda davlat organlari, taşkilotlari va ularning mansabdor şaxslarining huquq va erkinliklari
75. Murojaatlarni körib çiqişda davlat organi, taşkiloti va ularning mansabdor şaxslari quyidagi huquqlarga ega:
- murojaatni körib çiqiş uçun zarur bölgan axborotni belgilangan tartibda söraş va oliş;
- murojaat qiluvçi yoki uning vakilini ular yöqligida murojaatni körib çiqiş mumkin bölmaganda yoxud murojaatni eşitiş uçun çaqiriş;
- bila turib yolğon ma’lumotlar körsatilgan murojaatni tekşiriş sababli yetkazilgan xarajatlarning örnini qoplaş töğrisida sudga murojaat qiliş.
Davlat organlari, taşkilotlari va ularning mansabdor şaxslari qonun hujjatlariga muvofiq boşqa huquqlarga ham ega bölişi mumkin.
76. Davlat organi, taşkiloti va ularning mansabdor şaxslari:
- murojaatlar töğrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etişi;
- murojaat qiluvçiga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boşqa materiallar bilan tanişib çiqiş imkoniyatini, agar ular davlat siri yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sir bölgan ma’lumotlarni öz içiga olmasa, jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, ta’minlaşi;
- murojaat etuvçiga körib çiqiş natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat körib çiqilganidan söng yozma yoxud elektron şaklda darhol xabar qilişi, ommaviy qabullar vaqtida tuşgan va joyida hal qilingan oğzaki murojaatlar bundan mustasno;
- murojaat yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan, agar jismoniy yoki yuridik şaxs uşbu qarorga rozi bölmasa, şikoyat beriş tartibini tuşuntirişi;
- murojaatni körib çiqiş natijalariga köra qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilişi;
- qonunga xilof harakatlarni (harakatsizlikni) bartaraf etiş yuzasidan darhol çora-tadbirlar körişi, jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilişini keltirib çiqaruvçi sabablar va şaroitlarni öz vakolatlari doirasida aniqlaşi;
- jismoniy şaxs, uning vakili, ularning oila a’zolari, yuridik şaxs, uning vakili va yuridik şaxs vakilining oila a’zolari ularning murojaatlari sababli ta’qib etilişini belgilangan tartibda bartaraf etişi;
- agar jismoniy yoki yuridik şaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilişi natijasida moddiy zarar yoki ma’naviy ziyon yetkazilgan bölsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning örnini qoplaş yoki ma’naviy ziyonni kompensatsiya qiliş çoralarini körişi şart.
Davlat organlari, taşkilotlari va ularning mansabdor şaxslari qonun hujjatlariga muvofiq boşqa huquqlarga ham ega bölişi mumkin.
11-bob. Murojaatlarning körib çiqilişini monitoring va nazorat qiliş, umumlaştiriş va tahlil qiliş
77. Davlat organlarining, taşkilotlarining rahbarlari yoki vakolat berilgan boşqa mansabdor şaxslari öz tarkibiy bölinmalari tomonidan murojaatlarning körib çiqilişi ustidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oşiradi, ularning töliq, xolisona va öz vaqtida körib çiqilişini ta’minlaş çoralarini köradi.
78. Murojaat u qaysi rahbar yoki vakolat berilgan boşqa mansabdor şaxs tomonidan nazoratga olingan bölsa, öşa şaxs tomonidan nazoratdan va ijrodan olinadi.
Oraliq javoblar berilgan va töliq körib çiqilmagan murojaatlar nazoratdan olinmaydi.
79. Davlat organlari, taşkilotlari va ularning mansabdor şaxslari kelib tuşgan, körib çiqilgan, qanoatlantirilgan, qanoatlantirilmagan, körib çiqilmagan murojaatlarning, şuningdek, boşqa ma’lumotlarning statistik hisobini yuritadi.
Davlat organi, taşkiloti jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, şuningdek, jamiyat va davlatning manfaatlari buzilişini keltirib çiqaruvçi sabablarni aniqlaş va bartaraf etiş maqsadida har çorakda murojaatlarni umumlaştiriş va tahlil qilişni ta’minlaydi.
Har oy yakuni böyiça davlat organlari, davlat muassasalari va davlat iştirokidagi taşkilotlar va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarning vakillari bilan ötkazilgan uçraşuvlar natijalari töğrisida ma’lumotlar umumlaştirib, tahlil qilingan holda muhokama etiş uçun kiritiladi.
Murojaatlarni umumlaştiriş va tahlil qiliş natijalariga köra murojaatlar bilan işlaş bölinmalar yoki tegişli tarkibiy bölinmalar tomonidan murojaatlar bilan işlaşning umumiy körsatkiçlari, murojaatlarda tez-tez kötarilgan masalalar, murojaatlarni körib çiqiş yakunlari böyiça aniqlangan asosiy kamçiliklar va qoidabuzarliklar, jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, şuningdek, jamiyat va davlat manfaatlari buzilişini keltirib çiqaruvçi sabablarni bartaraf etiş maqsadida körilgan çoralar aks ettirilgan ma’lumotnomalar (şarhlar) tuziladi hamda davlat organi rahbariga davlat organi, taşkilotida murojaatlarni körib çiqişning qonuniyligini ta’minlaş va samaradorligini oşiriş, jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, şuningdek, jamiyat va davlatning manfaatlari buzilişini keltirib çiqaruvçi sabablarni bartaraf etiş, qonun hujjatlarini takomillaştiriş yuzasidan takliflar kiritadi.
Murojaatlarni umumlaştiriş va tahlil qiliş natijalariga köra tuzilgan ma’lumotnomalar (şarhlar) tegişli davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
80. Davlat organlari har oyda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga murojaatlar bilan işlaş töğrisida hisobot taqdim etadilar.
81. Murojaatlarni körib çiqiş natijalari Özbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida, davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida har oyda e’lon qilinişi mumkin.
82. Murojaatlar bilan işlaş bölinmasi tuşgan murojaatlarni tahlil qiliş yakunlari böyiça davlat organi, taşkilotining rasmiy veb-saytida tegişli statistika ma’lumotlarini har oyda e’lon qiladi.
12-bob. Yakunlovçi qoidalar
83. Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini qabul qiliş va körib çiqişni qonunga xilof ravişda rad etiş, ularni körib çiqiş muddatlarini uzrli sabablarsiz buziş, yozma yoxud elektron şaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qiliş, jismoniy va yuridik şaxslarning buzilgan huquqlari tiklanişini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilişini ta’minlamaganlik, jismoniy şaxslarning şaxsiy hayoti töğrisidagi yoxud yuridik şaxslarning faoliyati töğrisidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oşkor etiş, jismoniy va yuridik şaxsni murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uçun ta’qib qiliş, şuningdek, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisidagi qonun hujjatlarini boşqaça tarzda buziş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab böladi.
84. Qonun va uşbu Nizom talablariga rioya etişni ta’minlaş uçun javobgarlik davlat organlari rahbarlariga va ularning örinbosarlariga, murojaatlar bilan işlaş bölinmalar va tegişli tarkibiy bölinmalar rahbarlariga yuklanadi.
85. Jismoniy yoki yuridik şaxsning arizasi, şikoyati ana şu murojaatlar böyiça qonunga xilof qarorlar qabul qilgan davlat organlari, taşkilotlari va ularning mansabdor şaxslari tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, ariza yoki şikoyat beriş va uni körib çiqiş bilan boğliq zararning örni, arizani, şikoyatni körib çiqiş uçun tegişli davlat organlari, taşkilotlarining yoki ularning mansabdor şaxslarining talabiga köra joylarga boriş munosabati bilan qilingan xarajatlarning hamda ana şu vaqt içida yöqotilgan iş haqining örni murojaat etuvçiga sud tartibida qoplanadi.
Sud tartibida ma’naviy ziyon ham kompensatsiya qilinişi mumkin.
Jismoniy yoki yuridik şaxsning arizasini yoxud şikoyatini körib çiqişda qonun talablari buzilganligi munosabati bilan unga yetkazilgan moddiy zararning örnini qoplaş va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qiliş sifatida davlat organi, taşkiloti tomonidan tölangan mablağlar aybdor şaxsdan regress tartibida undirib olinişi mumkin.
86. Murojaatlar töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi şuningdek, tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab böladi.