Виртуальная приемная

Agentlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi

Главные новости 2 093 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda Agentlik direktori Akmal Burxanov jamoani ushbu qutlug‘ sana bilan qutlab, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi saʼy-harakatlarimizning mustahkam poydevori bo‘lgan Asosiy Qonunimizning Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishdagi beqiyos ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, o‘tgan yili yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bog‘liq qator normalar mustahkamlangani ushbu illatga qarshi kurashish yo‘lida boshlangan islohotlar ortga qaytmasligining muhim huquqiy kafolati bo‘lib, Agentlik zimmmasidagi masʼuliyatni yanada oshirishga xizmat qilayotganiga alohida urg‘u berildi.

Shuningdek, Konstitutsiya va qonun ustunligini taʼminlash orqali korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishda davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, fuqarolik jamiyatining muhim sharti bo‘lgan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurati xususida ham so‘z yuritildi.

Tadbir yakunida Agentlik jamoasi orasida alohida faollik ko‘rsatib, yuqori samaradorlikka erishib kelayotgan masʼul rahbar va xodimlar Agentlik direktori tomonidan maxsus sovg‘a, Faxriy yorliq va Tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы