Ayollar tadbirkorligida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid loyiha taqdimot qilindi
Материал пока опубликован только на языке: Özbekça
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva To‘rtko‘l tumaniga xizmat safari doirasida “Uzbekistan Creative Association” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan “Ayollar tadbirkorligida korrupsiyaga qarshi immunitet: Nukus tajribasi” loyihasi taqdimoti bilan tanishdi.

Mazkur loyiha ayol tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, ularni korrupsiyaga qarshi faol kurashga jalb etish hamda jamoatchilik nazoratini kengaytirishga qaratilgan.

Loyiha doirasida ayollarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida qator o‘quv-treninglar o‘tkazildi.

Shuningdek, hududda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish uchun 10 nafar tashabbuskor ayolga mikrograntlar ajratildi.

Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida faol xotin-qizlardan iborat monitoring guruhi tashkil etildi. Muammolarni aniqlash va murojaatlarni qabul qilish uchun “Case Map” raqamli xaritasi yaratildi.

Taqdimot yakunlariga ko‘ra, loyihani yanada takomillashtirish bo‘yicha qator amaliy tavsiyalar berildi hamda uning dastlabki natijalari ijobiy baholandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati