Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilingan homiylik mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilib boriladi
Материал пока опубликован только на языке: Özbekça
Joriy yilning 29-dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
Mazkur Qaror bilan endilikda:
✅homiylikdan kelib tushgan mablag‘lar tushumi va sarflanishining hisobi Iqtisodiyot va moliya vazirligining G‘aznachiligidagi alohida hisobvaraqlarda yuritiladi;
✅vazirlik va idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan homiylik mablag‘larini qabul qilish, ulardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar har chorakda rasmiy veb-saytlarda e’lon qilib boriladi.
Shu bilan birga, bugungi kunda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatini yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda. Jumladan:
1. Davlat xizmatchilari tomonidan xorijiy xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan qabul qilib olingan sovg‘alar to‘g‘risidagi;
2. Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari tomonidan homiylik xayriyalari tariqasida berilgan pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni doimiy ochiqlab borilishi taklif etilmoqda.