Онлайн-обращение

Сообщить о коррупции

Отменить Сообщить

Будет реализован проект «Совершенствование управления в Узбекистане»

Подробнее
Будет реализован проект «Совершенствование управления в Узбекистане»

Будет реализован проект «Совершенствование управления в Узбекистане»

Подробнее
Будет реализован проект «Совершенствование управления в Узбекистане»

Будет реализован проект «Совершенствование управления в Узбекистане»

Подробнее
Будет реализован проект «Совершенствование управления в Узбекистане»

Халқаро валюта жамғармаси вакиллари Ўзбекистоннинг аксилкоррупция сиёсатидаги муҳим ўзгаришлар билан танишди

Подробнее
Халқаро валюта жамғармаси вакиллари Ўзбекистоннинг аксилкоррупция сиёсатидаги муҳим ўзгаришлар билан танишди

Халқаро валюта жамғармаси вакиллари Ўзбекистоннинг аксилкоррупция сиёсатидаги муҳим ўзгаришлар билан танишди

Подробнее
Халқаро валюта жамғармаси вакиллари Ўзбекистоннинг аксилкоррупция сиёсатидаги муҳим ўзгаришлар билан танишди

Халқаро валюта жамғармаси вакиллари Ўзбекистоннинг аксилкоррупция сиёсатидаги муҳим ўзгаришлар билан танишди

Подробнее
Халқаро валюта жамғармаси вакиллари Ўзбекистоннинг аксилкоррупция сиёсатидаги муҳим ўзгаришлар билан танишди

Soʻnggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Shu maqsadda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qator xalqaro standartlarni oʻz faoliyatiga joriy etish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga bir qator vazifalar belgilab berilgan.

Ta’kidlash lozimki, hozirga qadar davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish tizimi mavjud emas edi.

Shunga koʻra, ushbu sohada belgilangan vazifalarning sifatli bajarilishini monitoring va nazorat qilish, zarur hollarda davlat tashkilotlariga uslubiy koʻmak berib borish maqsadida 2022-yil 12-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qaror bilan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yagona mezon asosida baholash tizimi joriy etilib, bunda Baholash 29 ta maxsus indikatorlar asosida E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali amalga oshirilishi belgilandi.

(Indikatorlar tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining mavjudligi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va minimallashtirish choralarining koʻrilganligi, rahbar xodimlarning halollik boʻyicha shaxsiy namunasi, xodimlarning xabardorlik darajasi, tashkilotning korrupsiyaga qarshi huquqiy targʻibotdagi faolligi kabi beshta asosiy yoʻnalishlardagi turli koʻrsatkichlarni tahlil qilish imkonini beradi.)

Qaror talablaridan kelib chiqib, baholash birinchi bosqichda oʻz tizimida korrupsiyaga qarshi standartlarni joriy etayotgan 24 ta tashkilotda eksperiment tariqasida oʻtkazildi.

Baholash jarayonini samarali tashkil qilish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

E-Anticor.uz elektron platformasi ishga tushirildi;

2-fevral kuni baholash oʻtkaziladigan 24 ta davlat tashkiloti mas’ul xodimlari ishtirokida seminar-trening oʻtkazilib, elektron platformadan foydalanish tartibi boʻyicha qoʻllanmalar taqdim etildi.

Reyting baholash natijalarining xolisligini ta’minlash maqsadida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat boʻlgan Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi shakllantirilib, ular tomonidan tashkilotlar taqdim qilgan ma’lumotlar tahlil qilinib, xulosalari olindi.

Baholash davlat tashkilotlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda  bir necha tendensiya va uslublardan foydlanib, amalga oshirilayotganini koʻrsatdi.

Xususan, Davlat bojxona va Soliq qoʻmitalari oʻz tizimidagi barcha korrupsion xavf-xatarlarni baholash va ulardagi xatar omilini minimallashtirish hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi faoliyatini barcha tarkibiy va hududiy boʻlinmalarda tashkil etish orqali korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini joriy qilgan. Bu, oʻz navbatida, barcha jarayonlarni nazorat qilish mavjud xavflarga tezkorlik bilan munosabat bildirib borish imkonini beradi.

Bundan tashqari, davlat tashkiloti rahbarining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha murosasiz pozitsiyasi va tashkilot tizimiga, ayniqsa aholi va tadbirkorlar bilan bevosita munosabatga kirishuvchi yoʻnalishlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali korrupsiyaga qarshi kurashish tendensiyasi ham mavjud. Bunga misol sifatida Adliya vazirligi, Davlat bojxona, Soliq va Statistika qoʻmitalarini koʻrsatish mumkin.

Umuman olganda, baholash natijalari joriy yil “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan korrupsiyaning tarqalganlik darajasini jamoatchilik ongida idrok etilishini baholashga qaratilgan soʻrov natijalari bilan hamohang ekanligini koʻrsatdi.

Xususan, soʻrovnoma natijalariga koʻra aholi tomonidan eng korrupsiyalashgan yoʻnalishlar sifatida qayd etilgan sogʻliqni saqlash, kadastr, oliy ta’lim sohalariga javobgar boʻlgan Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati “E-Anticor.uz” elektron platformasiga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va ekspertlar fikriga koʻra qoniqarsiz deb topildi.

Bu esa, korrupsiyaning tarqalganlik darajasini pasaytirish avvalambor, tashkilotda uning oldini olish uchun qoʻllanilayotgan preventiv mexanizmlarga bevosita bogʻliq ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ta’kidlash lozimki, Reyting Baholash natijalari u yoki bu tashkilot (soha)ni korrupsiyalashgan yoki korrupsiyadan xoli degan fikrni bermaydi. 

Bundan tashqari, “E-Anticor.uz” elektron platformasiga ayrim hujjatlar yoki qilingan ishlar kiritilmagan yoki notoʻgʻri kiritilganligi oqibatida tashkilotlarga tegishli ballar berilmasligining oldini olish maqsadida reytingning dastlabki natijalari tashkilotlarga taqdim qilingan, ularning fikr va e’tirozlariga asosan yakuniy reyting shakllantirilgan.

Baholash natijalariga koʻra, 24 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, 3 ta tashkilot faoliyat samaradorligi “yaxshi” – 81 balldan 100 ballgacha, 10 ta tashkilot faoliyati “qoniqarli” – 55 balldan 81 ballgacha va 11 ta tashkilotning ushbu yoʻnalishdagi faoliyati “qoniqarsiz” – 55 balldan past toifalarga ajratildi.

1-guruh – faoliyati “yaxshi” deb topilgan tashkilotlar

Baholash natijalariga koʻra, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyati yaxshi deb topildi.

2-guruh – faoliyati “qoniqarli” deb topilgan tashkilotlar

Baholash natijalariga koʻra Adliya, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Maktabgacha ta’lim, Transport vazirliklari, Davlat statistika qoʻmitasi, Farmatsyevtika tarmogʻini rivojlantirish, Davlat aktivlarini boshqarish, Texnik jihatdan tartibga solish agentliklari, Toshkent shahar va Toshkent viloyat hokimliklarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati qoniqarli deb topildi.

3-guruh – faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan tashkilotlar

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, Xalq ta’limi, Qurilish, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim, Moliya, Sogʻliqni saqlash vazirliklari, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish, Kadastr agentliklari, Boʻka va Mirzo Ulugʻbek tumani hokimliklarining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyati qoniqarsiz deb topildi.

Ta’kidlash lozimki, baholash davlat rahbari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida belgilangan vazifalarning qay darajada samarali amalga oshirilayotganini monitoring qilish mexanizmini yaratish bilan birga, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sohada sogʻlom raqobat muhitini kuchaytirish, tashkilot rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirishga va korrupsiyaga qarshi kurashishda xalkaro standartlarga asosan yagona yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.

Baholash yakunlari boʻyicha: 
“yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasi ommalashtiriladi;

“qoniqarli” deb baholangan davlat tashkilotlariga ularning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha tavsiyalar kiritiladi;

“qoniqarsiz” deb baholangan davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi va ijrosi ta’minlash yuzasidan tegishli rahbarlarning hisobotlari har chorakda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning yigʻilishlarida eshitib boriladi.

Reyting baholash natijalari Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashiga yuborildi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur reyting baholash tizimi yil yakuniga koʻra barcha davlat idoralari va tashkilotlari faoliyati boʻyicha amalga oshiriladi va jamoatchilikka e’lon qilib boriladi.

Korrupsiyaga qarshi  kurashish agentligi

Axborot xizmati

Другие новости

Все новости