Виртуальная приемная

E'lon

Главные новости 722 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

EʼLON

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Call-markaz faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida joriy yilning 24-dekabr sanasiga qadar texnik tadbirlar olib boriladi.

Mazkur davr mobaynida korrupsiya holatlari haqida xabar berishga mo‘ljallangan 1253 qisqa raqamining xizmat ko‘rsatishi vaqtinchalik cheklanadi.

Shu munosabat bilan korrupsiya holatlari to‘g‘risida xabar berish, shikoyat qilish yoki huquqiy maslahat olish uchun Agentlikning quyidagi telefon raqamlari orqali operatorlar bilan bog‘lanish mumkin:

☎️ (71) 202-04-02, ichki raqamlar: 446, 435.

Mutaxassislar tomonidan qabul qilingan har bir murojaat amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi taʼminlanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы