Виртуальная приемная

Farg‘ona viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini oshirishga ko‘maklashilmoqda

Главные новости 1 187 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahri va Quva tumanida “Zamonaviy yechimlar orqali korrupsiya va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, aholi orasida ularga qarshi murosasiz muhitni yaratish chora-tadbirlari bo‘yicha kompleks dastur” ijrosi o‘rganilib, masʼullarga amaliy hamda uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Xususan, Dastur ijrosi bo‘yicha har ikkala hudud uchun respublika darajasidagi manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar, shuningdek, viloyat hamda tuman darajasidagi tizimlarda ishlovchi malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda alohida ishchi guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar ular tomonidan kundalik nazoratga olingan va muvofiqlashtirib borilmoqda.

Ishchi guruhlar mazkur hududlardagi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, ushbu illatga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish, Dasturdagi har bir soha va yo‘nalish doirasidagi tadbirlar ijrosini masʼullar ishtirokida muhokama qilmoqda.

Jumladan, Quva tumanidagi 61 ta davlat maktabgacha taʼlim muassasasi, buyum va dehqon bozorlari faoliyati misolida raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, masʼullarga ayni yo‘nalishdagi tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

O‘rganish tadbirlari davom etmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы