Fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari mustahkamlandi
Материал пока опубликован только на языке: Özbekça
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi hamda Transparency International Latvia (TI Latviya) tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari uchun seminar tashkil etildi.

Seminar manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, uni aniqlash, oldini olish va samarali boshqarishda nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtiroki bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.

Seminar avvalida OAV va nodavlat notijorat tashkilotlari O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining muhim ishtirokchisiga aylangani taʼkidlandi. NNT faoliyati qamrovi ortib borayotgani, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari bilan qatorda jamoatchilik nazorati mexanizmlari, jamoatchilik eshituvi, monitoringi, qonunchilik ekspertizasi, muqobil hisobotlar tayyorlash kabi yo‘nalishlarda ham amaliy choralar ko‘rilayotgani taʼkidlandi.

Shu maqsadda manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish jarayonlaridagi ishtiroklari, mavzu yuzasidan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Yevropa ittifoqi amaliyoti qiyosiy tahlil etildi va ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashildi.
Seminar Transparency International Latviya, Transparency International Qirg‘iziston vaTransparency International Qozog‘iston ekspertlari tomonidan olib borildi.

Seminarda dastlab manfaatlar to‘qnashuvining taʼrifi va turlari ko‘rib chiqildi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (IHRT) vakili Maris Urbahns 2024 yil bazaviy hisoboti asosida O‘zbekistonda manfaatlar to‘qnashuvi masalalari bo‘yicha amaldagi qonunchilik bazasini sharhladi. Amaliyotda uchrayotgan kamchilik va muammolarni aniqlashga qaratilgan interfaol muhokamalar tashkil etildi.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi asosida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar va usullar ham ko‘rib chiqildi.

Qirg‘iziston va Qozog‘iston ekspertlari tomonidan O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va bu boradagi amaliy harakatlar alohida eʼtirof etildi. Xususan, mamlakatdagi islohotlar qadamma-qadam amalga oshirilayotgani, tizimli yondashuv mavjudligi va bunda jamiyatning barcha qatlami qamrab olinayotganiga eʼtibor qaratildi.

Amaliy mashg‘ulotlarda ishtirokchilar fuqarolik jamiyati institutlarining manfaatlar to‘qnashuvini monitoring qilish va bu haqda xabar berish bo‘yicha tegishli boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqdi.

Mazkur tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Transparency International Latviya, Yevropa Ittifoqi, Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Latviya Markaziy moliya agentligi bilan hamkorlikdagi “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish – inklyuziv korrupsiyaning oldini olish” loyihasi doirasida tashkil etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati