Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Материал пока опубликован только на языке: Özbekça
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Agentlik direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva va Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagining Huquqiy masalalar va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi K.Myuller o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida dastlab, mamlakatda olib borilayotgan aksilkorrupsiya islohotlari, jumladan, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligi, institutsional chora-tadbirlar, nodavlat-notijorat tashkilotlarni qo'llab-quvvatlash choralari va boshqa loyihalar hamda erishilgan natijalarga alohida to`xtalib o'tildi.


Uchrashuv davomida O'zbekistonda qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o'tkazish samaradorligini oshirish, moliyaviy institutlar bilan hamkorlik shakllari, fuqarolik jamiyati institutlarini korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatiga jalb etish masalalari bo'yicha o'zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati