Виртуальная приемная

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotida O’zbekistonning aksilkorrupsiya choralari bo’yicha 5-raund monitoring natijalari e’lon qilindi

Главные новости 2 415 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) taklifiga asosan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi IHTT Aksilkorrupsiya tarmog‘i tomonidan Parij shahrida tashkil etilgan Istanbul Harakatlar rejasi 23-monitoring yig‘ilishi va Kuzatuv kengashining 29-majlisida ishtirok etdi.

Aksilkorrupsiya sohasidagi mazkur yirik monitoring mexanizmi tadbirida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi kabi qator idoralar rahbariyati va vakillari ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: Istanbul Harakatlar rejasi Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun IHTT Aksilkorrupsiya tarmog‘ining mintaqaviy dasturi bo‘lib, uning doirasida a’zo davlatlar tomonidan BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va sohaga oid IHTT standartlari implementatsiya qilinganlik darajasi o‘rganiladi.

Tadbirlarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moʻgʻuliston, Tojikiston va O‘zbekiston bo‘yicha Istanbul harakatlar rejasining 5-raund monitoring hisobotlari muhokama qilindi.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori baholanib, IHTT vakillari tomonidan mamlakatimizdagi so‘nggi islohotlar ijobiy tendensiyasi e’tirof etildi.

Monitoring doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi manfaatlar to’qnashuvi, biznesda halollik, davlat xaridlari, sud organlari mustaqilligi, aksilkorrupsiya institutlari va boshqa yo’nalishlar bo’yicha baholanib, har bir yo‘nalishning xalqaro standartlarga mosligi o‘rganib chiqildi.

Shu jumladan, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida fuqarolik jamiyati institutlarining roli oshganligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, davlat xaridlari va biznesda halollik yo‘nalishlarida O’zbekiston ko‘rsatkichlari yaxshilangani ta’kidlanib, tadbir ishtirokchi-davlatlari uchun mamlakatimizning ilg‘or amaliyoti taqdimoti o‘tkazildi.

Delegatsiyaning tadbirda ishtirok etish masalasi Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), BMT Taraqqiyot Dasturi hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Kuzatuv kengashining yig‘ilishida esa 2024-yilda IHTT Aksilkorrupsiya tarmog‘i tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yil uchun rejalashtirilgan ish rejasi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tadbirlar doirasida O‘zbekiston delegatsiyasining AQSH Davlat departamenti Narkotik moddalar va huquqni muhofaza qilish byurosi (INL) rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvi tashkil etilib, unda IHTT monitoringi yangi metodologiyasi va uni takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

AQSh tomoni O’zbekisonda manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha namunaviy hujjatlarning ishlab chiqilishi orqali davlat organlari va tashkilotlari uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanayotgani, shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha sa’y-harakatlarni yuqori baholadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы