Виртуальная приемная

Koreyalik ekspertlar bilan davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurash faoliyatini reyting baholash tizimi bo‘yicha o‘zaro tajriba almashildi

Главные новости 2 088 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiyasi o‘rtasida 2023-yilda imzolangan memorandum doirasida joriy yilning 11-iyul kuni ushbu Komissiya bilan tajriba almashish maqsadida vazirlik va idoralarning masʼul xodimlari ishtirokida davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurash faoliyatini baholashning reyting tizimi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Agentlik hamkorligida amalga oshirilayotgan va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva, Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiyasi raisi Ryu Chul Van, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasining Hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Vim Riyepma, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili v.b Anas Qarman ishtirok etdi.

Tadbir kirish so‘zida Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiyasi raisi Ryu Chul Van O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishiga aylangani hamda jamiyatning barcha qatlamlarida uni bartaraf etish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilyotganini, islohotlar natijasi esa reyting va indekslardagi ijobiy ko‘rsatkichlarda hamda xalq farovonligi va iqtisodiy rivojlanishda aks etayotganini eʼtirof etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son qaroriga asosan 2022-yil 1-iyuldan boshlab reyting baholash tizimi barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etildi. Ushbu tizim Agentlik va BMTning Taraqqiyot Dasturi hamkorligida Koreya Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiyasining texnik ko‘magida amalga oshirilgan loyiha amalga tatbiq etildi.

Reyting baholashni amalga oshirishdan asosiy maqsad davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borayotgan faoliyati samaradorligini puxta tahlil qilish, baholash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat hisoblanadi. Baholash jarayonlarining shaffofligi va adolatliligini taʼminlash maqsadida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi shakllantiriladi.

Bugungi kunda reyting tizimini Koreya tajribasidan kelib chiqib yana-da takomillashtirish ustida ish olib borilmoqda. Xususan, mazkur tadbir orqali Koreya Respublikasida halollikni kompleks baholash tajribasi bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish hamda O‘zbekistonda halollikni baholash tizimi uchun takliflar ishlab chiqish maqsad qilingan.

Shu masqadda dastlab “O‘zbekistonda reyting baholash tizimi” mavzusi doirasida reyting baholash yo‘nalishlari va indikatorlari, amalga oshirilgan chora-tadbirlar, baholash natijalari taqdimot qilindi.

Maʼlumot o‘rnida: Joriy yilda 2023-yil natijalari bo‘yicha95 ta davlat tashkilotining, jumladan 36 ta davlat tashkiloti ilk marotaba, qolgan 59 tasi esa takroran baholashdan o‘tkazilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, 42 ta tashkilot faoliyati samaradorligi “yaxshi” – (81-100 ball), 38 ta tashkilot “qoniqarli” – (55-80 ball) va 15 ta tashkilot “qoniqarsiz”– (55 balldan past) toifalarga ajratildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi doirasida 36 ta davlat tashkiloti jami tashkilotlarning 37,9% ilk marotaba, qolgan 59 tasi yoki 62,1% esa takroran baholashdan o‘tkazilgan. Tahlillar aksariyat tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi bo‘yicha faoliyatida ijobiy ko‘rsatkichlar yildan-yilga ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiyasining Korrupsiyaga qarshi tadqiqot va baholash bo‘limi direktori o‘rinbosari Kiyong Kim esa Koreya Respublikasida davlat muassasalarining halollikni kompleks baholash tizimi bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil maʼlumot berib o‘tdi.

Yakunda O‘zbekistonda Reyting baholash tizimini kelgusida takomillashtirish imkoniyatlari, mavjud kamchiliklar va ularning yechimlari bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы