Онлайн-обращение

Сообщить о коррупции

Отменить Сообщить

Намечено дальнейшее расширение сотрудничества с подразделениями ООН в сфере противодействия коррупции

Подробнее
Намечено дальнейшее расширение сотрудничества с подразделениями ООН в сфере противодействия коррупции

Намечено дальнейшее расширение сотрудничества с подразделениями ООН в сфере противодействия коррупции

Подробнее
Намечено дальнейшее расширение сотрудничества с подразделениями ООН в сфере противодействия коррупции

Намечено дальнейшее расширение сотрудничества с подразделениями ООН в сфере противодействия коррупции

Подробнее
Намечено дальнейшее расширение сотрудничества с подразделениями ООН в сфере противодействия коррупции

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi va bir ovozdan maʼqullandi.

Mazkur qonun bilan korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan bir qancha normalar belgilanmoqda:

1. Jinoyat kodeksining 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilganlik) g‘arazli niyatlarda sodir etganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolash nazarda tutilmoqda.

Bu dispozitsiya orqali g‘arazli niyatlarda hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

2. Jinoyat kodeksining 208-moddasi quyidagi mazmundagi 2-qism bilan to‘ldirilmoqda:

Hokimiyat harakatsizligi g‘arazli niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa, –

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bu norma orqali g‘arazli niyatlarda hokimiyat harakatsizligi uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

3. Jinoyat kodeksining 209-moddasiga, mansab soxtakorligini g‘arazli niyatlarda sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash bilan bog‘liq qo‘shimcha kiritilmoqda.

4. Jinoyat kodeksining 210-moddasiga ko‘ra, pora olganlik uchun ilgari o‘n besh yilgacha javobgarlik belgilangan bo‘lsa.

Qonun bilan yigirma yilgacha javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.

5. Jinoyat kodeksining 211-moddasiga ko‘ra, pora berganlik uchun ilgari o‘n besh yilgacha javobgarlik belgilangan bo‘lsa.

Qonun bilan yigirma yilgacha javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.

6. Jinoyat kodeksining 212-moddasiga ko‘ra, pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun ilgari o‘n besh yilgacha javobgarlik belgilangan bo‘lsa.

Qonun bilan yigirma yilgacha javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.

Shuni alohida qayd etish kerakki, endilikda korrupsiyaviy jinoyatlarning alohida tasnifi belgilanib, unga ko‘ra, Jinoyat kodeksining sakkizinchi bo‘limi Korrupsiyaga oid jinoyatlar atamasi bilan to‘ldirilmoqda.

Mazkun normaga asosan, korrupsiyaviy jinoyatlar sifatida quyidagilar eʼtirof etimloqda:

1) Jinoyat kodeksi 167-moddasi uchinchi qismining “d” bandi,
168-moddasi to‘rtinchi qismining “g” bandi, 1929, 19210-moddalari,
19211-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi, 205-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi, 206-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi,
208-moddasining ikkinchi qismi, 209-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi, 210, 211, 212, 213, 214-moddalari va 301-moddasi ikkinchi qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlar;

2) Jinoyat kodeksining 243-moddasida nazarda tutilgan, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etish natijasida olingan daromadlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar».

7. Qonunning diqqatga molik yana bir jihati shundaki, Jinoyat kodeksi 64-moddasining 7-qismiga ko‘ra, korrupsiyaga oid og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslar javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bunday norma korrupsiyaviy jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligi va murosasizligini taʼminlaydi.

8. Qonun bilan yana bir jiddiy tartib o‘rnatilmoqda. Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksi 69-moddasining 6-qismiga asosan, korrupsiyaga oid og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslar jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilinmaydi.

9. Qonun bilan Jinoyat kodeksi 73-moddasining g) bandiga pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun hukm qilingan shaxslar jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinmasligi bilan bog‘liq norma kiritilmoqda.

10. Qonunga asosan, Jinoyat kodeksi 168-moddasining 4-qismiga, xizmat mavqeidan foydalanib firibgarlik jinoyatini sodir etganlik uchun javobgarlik belgilash bilan bog‘liq qo‘shimcha kiritilmoqda.

Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangandan so‘ng kuchga kiradi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati 

Другие новости

Все новости