Виртуальная приемная

Korrupsiyaga qarshi faoliyat samaradorligini baholash tizimlari bo‘yicha tajriba almashildi

Главные новости 1 603 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Joriy yilning 8-may kuni BMTning Taraqqiyot Dasturi Seul Siyosat Markazi tomonidan Janubiy Koreya, O‘zbekiston, Shri-Lanka, Jazoir va Chernogoriya davlatlarining aksilkorrupsiya idoralari vakillari uchun onlayn seminar tashkil etildi.

Seminarda ishtirokchi mamlakatlarning korrupsiyaga qarshi faoliyat samaradorligini reyting baholash, halollik tizimini mustahkamlash bo‘yicha ilg‘or va namunali yondashuvlari, yutuq va tashabbuslari taqdimot qilindi.

Qayd etilishicha, Koreya Respublikasida 2002-yilda davlat muassasalaridagi xodimlarning halolligini kompleks baholash tizimi yaratilgan. Mazkur tizim 2012-yili BMTning Davlat boshqaruvi sohasidagi maxsus mukofoti bilan taqdirlangan, shuningdek, 10 dan ortiq mamlakatda samarali joriy etilgan.

Chernogoriyada korrupsiyaga qarshi choralarning amalga oshirilishini baholash tizimi 2002-yildan, Jazoirda Halollik samaradorligi indeksi 2023-yilda ishga tushirilgan. Shri-Lankada ushbu yo‘nalishdagi saʼy-harakatlar 2024-yilning aprel oyidan boshlandi.

Aytish joiz, O‘zbekistonda 2022-yilda joriy qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT TD Dasturi hamkorligida Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiyasining texnik ko‘magida ishlab chiqilgan. Baholash 29 ta maxsus indikator asosida “E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

Seminar mobaynida har bir mamlakatning reyting baholash tizimidagi asosiy yo‘nalishlari, indikator ko‘rsatkichlarini tahlil qilish usullari va aniq mezonlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, reyting baholash tizimlarini yanada takomillashtirish ikmoniyatlari, bu borada hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы