Виртуальная приемная

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha eng yaxshi surishtiruv loyihalari uchun grant ajratiladi

Главные новости 659 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Boltiq OAVni rivojlantirish markazi hamda Riga oliy huquqshunoslik maktabi hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida jurnalistik surishtiruv olib borish bo'yicha mentorlik dasturiga start berildi.

Mazkur dastur jurnalistlar, fuqarolik jamiyati institutlari faollari, blogerlar hamda jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.

Dastur doirasida ishtirokchilar xalqaro va milliy tajribaga ega ekspertlar mentorligida surishtiruv jurnalistikasi bo‘yicha individual tadqiqot (surishtiruv) rejalarini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dastur yakunida eng yaxshi surishtiruv loyihalari mualliflari uchun grantlar ajratiladi.

Loyiha Germaniya Federativ Respublikasining Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida moliyalashtirilmoqda. Latviyadagi yetakchi hamkor Markaziy moliya va shartnomalar agentligi sanaladi.

Mentorlik dasturi joriy yilning 28-fevral sanasiga qadar davom etadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot agentligi

Похожие материалы