Виртуальная приемная

Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruzani Parlament palatalariga taqdim etishning aniq muddati belgilanmoqda

Главные новости 944 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Quyi palataning bugungi majlisida deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruzani ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi har yili Milliy ma’ruzani tayyorlaydi hamda uni ko‘rib chiqish uchun Oliy Majlis palatalariga kiritadi.

Mazkur qonun loyihasi bilan qator qonunlarga Milliy ma’ruzani Parlament palatalariga navbatdagi yilning 1-aprelidan kechiktirmasdan taqdim etish lozimligini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eslatib o'tamiz, bu yil Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi to‘rtinchi milliy ma’ruza Oliy Majlis palatalariga taqdim qilindi.

Milliy maʼruzaning to‘liq matni bilan ushbu havola PDF orqali tanishish mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы