Виртуальная приемная

Korrupsiyaga qarshi kurashishda jurnalistik surishtiruvning o'rniga oid trening o‘tkazildi

Главные новости 1 321 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Boltiq OAVni rivojlantirish markazi va Riga oliy huquqshunoslik maktabi hamkorligida jurnalist va blogerlar, matbuot kotiblari hamda jurnalistika yo'nalishidagi talabalar uchun maxsus trening o‘tkazildi.

Surishtiruv jurnalistikasi bo‘yicha xabardorlik va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan mazkur treningda ishtirokchilar xalqaro va mahalliy ekspertlardan jurnalistik surishtiruv asoslari, OAV va internet orqali korrupsiyaning oldini olish va halollikni shakllantirishda o‘ziga xos mexanizmlar bo‘yicha amaliy bilim va tavsiyalar oldi.

Jumladan, korrupsiyaga oid materiallar tayyorlashda maʼlumotlar to‘plash, ulardan foydalanish, tahlil qilish va jamoatchilikka taqdim etishda qonunchilik talablari va kasb etikasiga rioya etish borasida xorijiy amaliyot va tajriba taqdimot qilindi.

Shuningdek, jurnalistik surishtiruv olib borishda soha vakillari uchun mavjud huquqiy kafolat va himoya, korrupsiyaga oid jurnalistik materiallarni tayyorlashda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.

Bu borada faktlarni to‘g‘ri tahlil va talqin qilish, obyektivlik va shaffoflikni taʼminlash turli keyslar, amaliy mashg‘ulotlar misolida ko‘rib chiqildi.

Ma'lumot o'rnida: Mazkur tadbir Yevropa Ittifoqi va Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish: korrupsiyaning oldini olishda inklyuziv yondashuv” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы