Виртуальная приемная

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi aʼzoligiga nomzodlarni saralaş böyiça tanlov ötkaziladi

Главные новости 24 просмотров

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yana-da takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş şuningdek, davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş maqsadida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşining tarkibi qayta şakllantirilmoqda.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi huzurida Jamoatçilik kengaşini taşkil etişda şaffoflikni taʼminlaş maqsadida Jamoatçilik kengaşiga aʼzolik tanlov asosida amalga oşiriladi.

Tanlovga hujjatlar quyidagi usullarda qabul qilinadi:

1. Tanlovda özi faoliyat yuritayotgan taşkilot yoki Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi huzurida Jamoatçilik kengaşini tuziş va uning tarkibini şakllantiriş böyiça Maxsus komissiya aʼzolari tomonidan tavsiya qilingan fuqarolar;

2. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat taşkilotlari tomonidan tavsiya qilingan fuqarolar;

3. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan mustaqil jurnalist, bloger va jamoatçilik faollari (öz arizalariga köra).

Nomzodlarga talablar qöyidagilardan iborat:

  • korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida alohida bilim, könikmalarga ega bölişi;
  • korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida amaliy tajribaga ega bölişi;
  • oliy maʼlumotga ega bölişi;
  • sohani rivojlantirişga qaratilgan amaliy takliflarni bera olişi;
  • sudlanmagan bölişi;
  • jamiyatda obrö-eʼtiborga ega bölişi, jamoaviylik asosida işlaş könikmasining mavjudligi;
  • Agentlikda va boşqa davlat taşkilotida namunali xizmat körsatgan mehnat faxriylari;
  • nodavlat notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari vakillari;
  • 18 yoşdan yuqori Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölişi.

Nomzodlarni tanlaşda ularning korrupsiyaga murosasiz munosabatda ekanligi inobatga olinadi. Jumladan, nomzod avval korrupsiya bilan boğliq huquqbuzarliklar iştirokçisi bölmaganligiga alohida urğu beriladi.

Nomzodlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar:

1. Maʼlumotnoma (obyektivka) boğlaniş raqami körsatilgan holda.

2. Tavsiyanoma (NNT yoki özi işlayotgan muassasa tomonidan taqdim etilgan bölişi lozim).

3. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida qilgan amaliy işlari va Kengaş aʼzosi sifatida amalga oşirmoqçi bölgan işlari töğrisida maʼlumot.

Jamoatçilik kengaşi aʼzoligiga nomzodlarning arizalari yoki nomzodlarga berilgan tavsiyalar 2026-yil 25-noyabrga qadar, info@anticorruption.uz elektron poçtasi orqali qabul qilinadi:

Tanlov yakunida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi huzurida Jamoatçilik kengaşini tuziş va uning tarkibini şakllantiriş böyiça Maxsus komissiya tomonidan tanlov şartlari talablariga javob beradigan nomzod Agentlik huzuridagi Jamoatçilik kengaşi aʼzoligiga tavsiya etiladi. Bunda Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi huzuridagi jamoatçilik kengaşi töğrisidagi nizomga asosan, aʼzolarning kamida 20% ayollar, 50 % nodavlat notijorat taşkiloti vakillari bölişi, qabul qilinuvçi aʼzolarning eng köp miqdori 25 tani taşkil etişi kabi talablarga ahamiyat qaratilida.

Murojaat uçun:

Telefon raqami – 71 202-04-02 (421), elektron poçta – info@anticorruption.uz.

Похожие материалы