Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha Buxoroda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Материал пока опубликован только на языке: Özbekça
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev boshchiligidagi Ishchi guruh tomonidan Buxoro viloyatida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” ijrosi bo‘yicha navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish doirasida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi hamda elektr tarmoqlari korxonasi faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.


Shuningdek, Vobkent dehqon bozorida savdo va avtoturargohlarni raqamlashtirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar bilan tanishildi.


Ishchi guruhning o‘rganishlari G‘ijduvon tumanini “korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirishga oid “Yo‘l xaritasi” ijrosi doirasida davom ettirildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchilik va sustkashliklar Ishchi guruh rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda tanqidiy muhokama qilindi.


Muhokamalar mobaynida “Yo‘l xarita”larida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalarda chuqur tahlil va tizimli nazoratni kuchaytirish bo‘yicha masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati