Виртуальная приемная

O‘zbekiston korrupsiyani o‘lchash bo‘yicha xalqaro tashabbuslarda faol ishtirok etmoqda

Главные новости 865 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari U.Mavlyanov BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan “Korrupsiyani o‘lchashni yaxshilashda maʼlumotlardan samarali foydalanish bo‘yicha ikkinchi global konferensiya”da ishtirok etdi.

Mazkur konferensiyada BMTga aʼzo 100 dan ortiq davlatlar, xalqaro tashkilotlar, akademik doiralar, fuqarolik jamiyati va xususiy sektorning 450 nafardan ortiq vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya doirasida korrupsiyani o‘lchash samaradorligini oshirishda innovatsion vositalardan, xususan, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish hamda institutsional hamkorlikni mustahkamlash masalalari bo‘yicha tajriba almashildi.

Muhokamalar yakunida quyidagi to‘rt asosiy tavsiyani o‘z ichiga olgan “Korrupsiyani o‘lchashning kelajagi bo‘yicha Nyu-York tavsiyalari” qabul qilindi:

➖ Milliy maʼlumotlar tizimlarini mustahkamlash;

➖Korrupsiyani o‘lchashga doir saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishni kuchaytirish;

➖Zamonaviy texnologiyalardan faol foydalanish;

➖Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Konferensiya doirasida Global maʼlumotlar platformasi, davlat xaridlarida “qizil bayroq” indikatorlari asosida halollikni baholashning yangi metodologiyasi, shuningdek, poraxo‘rlik bilan o‘zaro munosabatlarda biznes tajribasini o‘lchashga qaratilgan so‘rovnoma yondashuvlari kabi taqdimotlar bilan tanishildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы