Виртуальная приемная

O‘zbekneftgaz aksiyadorlik jamiyati FUNKSIYALARGA OID MUNOSABATLAR

Главные новости 1 605 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi 240-son Qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholashdan o‘tkaziladi.

Infografikada “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari aks etgan.

Ma’lumot uchun: 2024-yilda “O‘zbekneftgaz” AJga yuklatilgan 38 ta funksiya baholashdan o‘tkazilgan, unga ko‘ra 15 ta funksiyada xavf-xatar darajasi – “yuqori”, 23 ta funksiyada – “o‘rta” darajada.

Korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari ko‘p bo‘lgan tashkilot

"eng korrupsiyalashgan"

, korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimdagi shaxslar

“korrupsioner”

yoki aksincha korrupsiyaviy xavf-xatari asosan “past” bo‘lgan tashkilotlar

"korrupsiyadan xoli"

hisoblanmaydi.

Ushbu holatlar mazkur tashkilotlarda nazorat choralari yetarli yo‘lga qo‘yilganligi yoki aksincha qo‘shimcha nazorat choralari ko‘rilishi kerakligini, shu bilan birga, tashkilot rahbarlari korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlar (funksiyalar) va funksiyalarni bajaruvchi lavozimlarni alohida nazoratga olishiga signal beruvchi omil sanaladi.

Hozirda Aksiyadorlik jamiyati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur asosida mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы