Виртуальная приемная

Pop tumanini “Korrupsiyadan holi hududga aylantirish” bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi

Главные новости 652 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Pop tumanini “Korrupsiyadan holi hududga aylantirish” bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan dasturda belgilangan ishlar olib borilishi natijasida tumanda 2025-yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar 2024-yilga nisbatan ikki barobarga kamayishga erishilgan.

O‘rganish natijalari tuman hokimi hamda dastur ijrosi uchun mas’ul etib belgilangan tashkilot rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi.

Yig‘ilishda maktabgacha va maktab ta’limi hamda sog‘liqni saqlash muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy mexanizmlar ishlab chiqilmaganligi tanqid qilindi.

Shu bilan birga, tuman tashkilotlari rahbarlarini rotatsiya qilish, korrupsiyaga qarshi targ‘ibot va profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish borasida ham sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, har bir band ijrosi bo‘yicha shaxsiy javobgarlikni va nazoratni kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы