Виртуальная приемная

Samarqanddagi NNT vakillari uchun korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etishga qaratilgan trening o‘tkazildi

Главные новости 1 285 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Boltiq OAVni rivojlantirish markazi va Riga oliy huquqshunoslik maktabi hamkorligidagi navbatdagi trening Samarqand viloyatidagi nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) vakillari uchun tashkil etildi.

Trening mobaynida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Latviyaning Trancparency International tashkiloti masuʼl xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda NNTlarning davlat tashkilotlari bilan hamkorligi, bu borada milliy va xorijiy tajribaga oid taqdimotlar qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda yangi usul va vositalar, NNTlar bilan ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga oid ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalari aniq amaliy misollar orqali ko‘rib chiqildi.

Ishtirokchilar Transparency International harakatiga aʼzolik shakllari va akkreditatsiya siyosati bilan ham tanishtirildi.

Trening doirasida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashish yo'nalishida o'zlari amalga oshirayotgan ijtimoiy loyihalar va ularning natijalarini taqdimot qildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur trening Yevropa Ittifoqi va Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish: korrupsiyaning oldini olishda inklyuziv yondashuv” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы