Виртуальная приемная

Senat qo‘mitalarida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruzaning muhokamasi boshlandi

Главные новости 1 942 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Joriy yilning 19-sentabr kuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi majlisida O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruza dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan taqdim etilgan Milliy maʼruzada 2023-yilda mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Bu borada, xususan, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional asoslari takomillashtirilishi, davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari — ochiqlikni taʼminlash, jamoatchilik oldida hisobdorlikni oshirish bo‘yicha zarur choralar xususida to‘xtalib o‘tildi.

Shu bilan birga, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023 – 2024 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha belgilangan maqsad va vazifalarga eʼtibor qaratildi.

Muhokamada senatorlar tomonidan korrupsiyaga oid jinoyatlar hamda ichki nazorat tuzilmalarini tashkil etish bilan bog‘liq ayrim kamchilik va muammolarga alohida urg‘u berildi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator takliflar bildirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы