Sog‘liqni saqlash vazirligining korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi yuqori funksiyalari
Материал пока опубликован только на языке: Özbekça
Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi 240-son qaroriga muvofiq, bu yil 121 ta davlat tashkiloti tomonidan e-anticor.uz (e-anticor.uz) elektron platformasiga yuborilgan maʼlumotlar asosida ularning faoliyatidagi 6123 ta funksiyada korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi.
Infografikada Sog‘liqni saqlash vazirligining korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi yuqori funksiyalari aks etgan.
- dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
- sog‘liqni saqlash organlari xodimlariga yuklangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun ularning mas’uliyatini oshirish tadbirlarini amalga oshirish va nazorat qilish;
- belgilangan tartibda ilmiy, metodik adabiyotlar va ixtisosga oid axborotni chop etish va vazirlik bo‘linmalarini ta’minlash;
- qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarga axborot hamda maslahat ko‘magi berish kabi funksiyalar shular jumlasidandir.


Korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari ko‘p bo‘lgan tashkilot "eng korrupsiyalashgan", korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimdagi shaxslar “korrupsioner” yoki aksincha korrupsiyaviy xavf-xatari asosan “past” bo‘lgan tashkilotlar "korrupsiyadan xoli" hisoblanmaydi.
Ushbu holatlar mazkur tashkilotlarda nazorat choralari yetarli yo‘lga qo‘yilganligi yoki aksincha qo‘shimcha nazorat choralari ko‘rilishi kerakligini, shu bilan birga, tashkilot rahbarlari korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlar (funksiyalar) va funksiyalarni bajaruvchi lavozimlarni alohida nazoratga olishiga signal beruvchi omil sanaladi.
Hozirda vazirlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur asosida mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.