Vazir murojaati
Материал пока опубликован только на языке: Özbekça
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev vazirlik tizimidagi barcha xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish masalasida yanada qat‘iy va tizimli yondashuv zarurligi haqida murojaat yo‘lladi.
Murojaatda suv kabi strategik va hayotiy resursni boshqarishda korrupsiyaning mavjudligi katta va tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga alohida urg‘u berilgan.
"Sohada mutlaqo shaffof, halol va samarali faoliyat yuritilishi shart. Korrupsiyaga qarshi kurashish — rahbarmi, muhandismi, mutaxassis yoki oddiy mirobmi — har bir xodimning shaxsiy burchi va mas‘uliyatidir. Halollik esa har bir suv xo‘jaligi tizimi xodimining ‘tashrif qog‘ozi‘ bo‘lishi kerak”, — deyiladi vazir murojaatida.
Eslatib o‘tamiz, PQ-147-son Prezident qaroriga asosan 2027-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida 5 ta idora, jumladan, Suv xo‘jaligi vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga o‘tkazildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati