Виртуальная приемная

Vazir va hokimlikka nomzodlar korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha rejasini taqdim etishi lozim bo’ladi

Главные новости 661 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Oliy Majlis Senatining bugun bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida korrupsiyaga qarshi kurashish va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan qonun ko‘rib chiqildi.

Qonun bilan hukumat a’zoligiga va hokim lavozimiga tayinlanayotgan nomzodlar endi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha rejalarini ham taqdim etishi shart etib belgilanmoqda.

Bu talab nomzodning shaxsiy mas'uliyatini, uning halollik va ochiqlikka sodiqligini belgilab berishi bilan birga, faqat o’z sohasiga oid vazifalarnigina emas, balki korrupsiyaga qarshi kurashish yo'nalishidagi davlat siyosatini ham to’liq tushunib, amalda qo’llashiga xizmat qiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva ta’kidlaganidek, mazkur rejalar mazmuni, shakli va minimal mezonlariga oid talablar, ijrosini nazorat qilish subyektlari va shakllari, samaradorligini baholash kabi mexanizmlar ham qonunchilikda aniq belgilab qo’yiladi.

Muhokamalar yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы