Виртуальная приемная

Vobkent tumanida korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha rejalar taqdimot qilindi

Главные новости 1 729 просмотров

Материал пока опубликован только на языке: Özbekça

Vobkent tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Yevropa Ittifoqi hamda BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Halol tumanlar” loyihasining joriy natijalariga bag‘ishlangan taqdimot qilindi.

Unda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi aʼzolari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov, BMT TD vakolatxonasi rahbari Akiko Fujii, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi hamkorlik bo‘yicha rahbari Vim Riyempa ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, “Halol tumanlar” loyihasi orqali hududda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tizimli o‘zgarishlarni joriy etish maqsad qilingan.

Shu maqsadda Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi, BMT TD va Vobkent tumani hokimligi hamkorligida loyiha doirasida ishlab chiqilgan Vobkent tumani davlat idoralarida korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan strategik harakatlar rejasi taqdimoti o’tkazildi.

Taʼkidlanganidek, strategik harakatlar rejasida halollikni rag‘batlarish hamda korrupsiya uchun javobgarlik va mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Taqdimot yakunida ularni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish masalalari muhokama qilinib, aniq vazifalar belgilab olindi.

Tadbir doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishda innovatsiyalarni ishlab chiqish va amalga joriy etish jarayoniga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilish” mavzusida eʼlon qilingan grant tanlovi g‘oliblaridan biri O‘zbekiston karlar jamiyati Buxoro viloyati hududiy bo‘limi tomonidan grant loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur grant tanlovi 2024-yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqi hamkorligida o‘tkazilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Похожие материалы