Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi O‘zbekistondagi so‘nggi aksilkorrupsiya islohotlardan xabardor bo‘ldi
Материал пока опубликован только на языке: Özbekça
Joriy yilning 24-sentabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasini Agentlik binosida qabul qildi.

Uchrashuv doirasida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan islohotlar, ularning natijalari hamda istiqboldagi loyihalar yuzasidan delegatsiya vakillariga maʼlumot berildi.

Xususan, uchrashuv davomida mamlakatimizda joriy yilning iyun oyida qabul qilingan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiya loyihasi, "Davlat xizmatchilarining mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish to‘g‘risidagi qonun" loyihasi, "Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi kabi muhim islohotlar va rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalar va tadbirlarda ishtirok etish, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashishda inovatsion tizimlarni joriy etish, taʼlim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha birgalikdagi choralarni belgilab olish yuzasidan kelishuvga erishdilar.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati