O‘zbekistonning GRECOga a’zo bo‘lish masalasi Yevropa Kengashi vakillari bilan muhokama qilindi
Материал пока опубликован только на языке: Özbekça
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda mamlakatning imidjini mustahkamlash va uning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar yuklatilgan.
Mazkur yo‘nalishda Agentlik tomonidan Yevropa Kengashi bilan hamkorlikda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlar guruhi (GRECO) ga a’zo bo‘lish masalalari o‘rganib chiqilmoqda.
Ma’lumot uchun: GRECO 1999 yilda Yevropa Kengashi tomonidan tuzilgan tarmoq bo‘lib, tashkilotning asosiy maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashishda a’zo mamlakatlarga ko‘maklashish hisoblanadi. GRECO davlat faoliyati uchun korrupsiyaga qarshi kurashish standartlarni (talablarni) belgilaydi va amaliyotlarning ushbu standartlarga muvofiqligini o‘rganib boradi.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 24 iyun kuni Agentlik hamda Yevropa Kengashi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etilib, unda Agentlik tashabbusiga asosan Yevropa ekspertlari tomonidan O‘zbekistonning GRECOga a’zo bo‘lish masalasi bo‘yicha o‘rganish natijalarining taqdimoti o‘tkazildi va muhokama qildi.
Xususan, uchrashuvda O‘zbekiston milliy qonunchiligi Yevropa standartlariga mosligi va qonunchilik va amaliyotdagi ehtimoliy o‘zgarishlar hamda ularning oqibatlari bo‘yicha ekspertlar fikri tinglandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati