2024-yilning I yarim yilligidagi korrupsiyaga oid jinoyatchilik tahlil qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024-yilning I yarim yilligidagi korrupsiyaga oid jinoyatchilik tahlil qilindi.
Tahlillarga ko‘ra, mazkur davrda 3837 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgani uchun sudlar tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Joriy yilda (2023-yilning birinchi yarim yilligi bilan taqqoslaganda) ayrim soha va yo‘nalishlarda korrupsiyaga oid jinoyatchilik kamaygan.
Jumladan:
- tijorat banklarida 146 (186);
- Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 145 (177);
- huquqni muhofaza qiluvchi organlarda 122 (128);
- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida 52 (64);
- Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimida 30 (40);
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 30 (33) xodimlar tomonidan korrupsion jinoyatlar sodir etilgan.
Shuningdek:
- Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimining 285 (237);
- davlat ulushi mavjud korxonalarning 153 (103);
- mahalliy hokimliklarning 133 (119) nafar xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortgan.
Ma'lumotlar Oliy sud tomonidan taqdim qilingan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati
03.10.2024