Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia

More
Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia
3296 930 For print

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxonov boshchiligidagi ishchi guruh “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filialida bo‘lib, viloyatdagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga (AGTKSH) tabiiy gaz yetkazib berish holati bilan tanishdi.

“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali masʼullari bilan muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023 yil 15 sentyabrda qabul qilingan va joriy yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rib chiqildi.

Ishchi guruh ulgurji isteʼmolchilar, jumladan, viloyatdagi mavjud 113 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining barchasida elektron gaz hisoblash uskunalari o‘rnatilganligi, mazkur hisoblagichlar tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga to‘liq ulanganligini hamda onlayn rejimda maʼlumotlar uzatilayotganligini maxsus dastur orqali ko‘zdan kechirdi.

Ishchi guruh tomonidan AGTKSHlar tomonidan tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish va noqonuniy isteʼmol qilishning boshqa holatlarini, shuningdek, ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha qator tavsiyalar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

3296 930 For print

Other news

All news