Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia

More
Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia
586 157 For print

Farg‘ona viloyatida 1,4 mlrd so‘mlik subsidiya mablag‘lari o‘zlashtirib yuborilgani aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-son qarori asosida ajratilgan subsidiya mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi bo‘yicha Farg‘ona viloyatida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, 2023-2024 yillar davomida tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan jami 9,3 mlrd so‘m miqdoridagi subsidiya mablag‘lardan 1,4 mlrd so‘mlik qismi o‘zlashtirib yuborilgan.

Jumladan:

▫️Uchko‘prik tumanida 2 ta yuridik shaxs tomonidan 37 nafar kasanachiga 309,4 mln so‘mlik;

▫️Rishton tumanida 1 ta yuridik shaxs tomonidan 42 nafar kasanachiga 277,2 mln so‘mlik;

▫️Bag‘dod tumanida 2 ta yuridik shaxs tomonidan 54 nafar kasanachiga 275,0 mln so‘mlik;

▫️Beshariq tumanida 1 ta yuridik shaxs tomonidan 33 nafar kasanachiga 192,4 mln so‘mlik;

▫️Qo‘qon shahrida 1 ta yuridik shaxs tomonidan 17 nafar kasanachiga 160,5 mln so‘mlik asbob-uskunalar yetkazib berilmagan.

▫️Farg‘ona tumanida 1 ta yuridik shaxs tomonidan 14 nafar kasanachiga 106,3 mln so‘mlik;

▫️Farg‘ona shahrida 1 ta yuridik shaxs tomonidan 15 nafar kasanachiga 98,0 mln so‘mlik;

▫️Dang‘ara tumanida 1 ta yuridik shaxs tomonidan 7 nafar kasanachiga 51 mln so‘mlik;

Shuningdek, jami 335,0 mln so‘mlik subsidiya mablag‘lari asossiz ajratilganligi aniqlandi.

Xususan, 6 nafar fuqaro nomiga ikki marotaba, yaʼni takroriy tarzda jami 34,9 mln so‘mlik subsidiya mablag‘lari qaror talablariga zid ravishda ajratilgan.  

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-maydagi 252-son qarori asosida viloyat bo‘yicha tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan, jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 47 nafar fuqaroga asbob-uskunalar xaridi yo‘nalishida avval subsidiya mablag‘i olgan bo‘lishiga qaramasdan, takroran jami 300,1 mln so‘m subsidiya ajratilgan.

Qaror talabi bo‘yicha Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi xodimlari hamda hokim yordamchilari tomonidan subsidiya mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring tadbirlari orqali nazorat qilib borish ishlarida ham masʼuliyatsizlik va qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan.

To‘plangan materiallar asosida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

586 157 For print

Other news

All news