Jurnalistik faoliyatda ochiq maʼlumotlar bilan ishlashga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi
This material is so far published only in: Özbekça
Joriy yilning 6-sentabr kuniKorrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda “Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi” NNT hamkorligida ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijoart tashkilotlar vakillari, jurnalist va blogerlar uchun “Jurnalistik faoliyatda ochiq maʼlumotlar bilan ishlash va samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining jamoatchilik uchun ochiqligi va shaffofligini, mansabdor shaxslarning esa xalq oldida hisobdorligini taʼminlash davlat rahbari darajasidagi qator normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilab qo‘yildi.
Xususan, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ochiq eʼlon qilinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarning qatʼiy ro‘yxati tasdiqlanib, bugungi kunda 40 turdagi maʼlumotlar barcha vazirlik va davlat idoralari tomonidan ochiq eʼlon qilib kelinmoqda.

Shu kabi davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga ana shunday muhim islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni eʼlon qilib borish, ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari talablarga rioya etish yuzasidan atroflicha maʼlumot berildi.

Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida axborotlarni joylashtirish va elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish holati, ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni qonunchilikda belgilangan axborot resurslarida eʼlon qilish va jamoatchilik oldida hisobdorlik tizimiga oid masalalar muhokama qilindi.
Ishtirokchilarga ochiq maʼlumotlar bilan ishlash, ularning haqqoniyligini tekshirish, jurnalist surishtiruvini tashkil etish standartlari va tarkibi, metodikasi xususida ham zarur tavsiyalar berildi.

Seminar mobaynida korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishda ochiqlik tamoyillaridan foydalanish holati ham amaliy misollarda ko‘rib chiqildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati