Virtual reception

Korrupsiyaga qarshi kurashishda “Madad” NNT bilan faol hamkorlik yo'nalishlari muhokama etildi

Top news 1 078 views

This material is so far published only in: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbariyatlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarning imkoniyatlaridan keng foydalanish, bu borada o‘zaro hamkorlik hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.

Muhokamalar yakuniga ko‘ra, quyidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi:

➖aholida korrupsiyaga nisbatan huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish;

➖hamkorlikda jamoatchilik nazorati tadbirlarini tashkil etish;

➖aholi va davlat xizmatchilari o‘rtasida jamoatchilik fikri so‘rovini o‘tkazib borish;

➖normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoring qilish.

Qayd etilgan yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, birgalikdagi vazifalarni belgilab olish maqsadida bu kabi muloqotlarni kelgusida davom ettirishga kelishib olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Related materials