Virtual reception

Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlar faolligini oshirish masalalari bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi

Top news 834 views

This material is so far published only in: Özbekça

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) Mintaqaviy vakolatxonasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida “GRACE tashabbusi doirasidagi korrupsiyaga qarshi qo‘shma saʼy-harakatlar: tadqiqotlar, taʼlim va yoshlar salohiyatini oshirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi taʼlim, yoshlarni jalb etish va tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan GRACE tashabbusining global vositalari bilan tanishdi.

Shuningdek, sohadagi tadqiqotlar doirasini kengaytirish, yoshlarning faol ishtirokini rag‘batlantirish va Korrupsiyaga qarshi kurashish Virtual akademiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida GRACEning amaliy yechim va imkoniyatlarini Virtual akademiya elektron platformasiga integratsiya qilish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda xalqaro, mintaqaviy va milliy hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Related materials