Korrupsiyaga qrashi kurashish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
This material is so far published only in: Özbekça
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov ishtirokida magistratura bosqichi tinglovchilar uchun korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda tizimli yondashuv masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid davlat siyosati, faoliyatda shaffoflik va hisobdorlikni taʼminlash, shuningdek, ichki ishlar organlarning ushbu sohadagi o‘rni va masʼuliyatini kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

A.Burxanov ichki ishlar organlari tizimida xizmat intizomini mustahkamlash, xodimlarning kasbiy va axloqiy standartlarga rioya etishini taʼminlash, jamoatchilik hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish korrupsiya xavflarini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Seminar doirasida davlat rahbari ishtirokida joriy yilning 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar va ularni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga xususida ham atroflicha so'z yuritildi.

Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarining korrupsiyaviy omillarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olishdagi faol ishtiroki, profilaktika ishlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati