Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More
The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia

More
Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia
4649 1117 For print

Joriy yilning 7-iyun kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kengashlari ishtirokida seminar mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bo‘lim boshlig‘i X.Tursunbekov “O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida korrupsiya uchun javobgarlik” masalalari bo‘yicha taqdimot qildi.

Tadbir davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikning huquqiy asoslari, turlari, jazoni taʼminlash jarayonidagi bir qator muammolar haqida so‘z bordi.

Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida vakolatli organlar va ularning korrupsiyaga oid huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsni jazolashga doir vakolatlari birma-bir o‘rganilib, tahlil qilindi. Xususan, Agentlikning ochiqlik taʼminlash, manfaatlar to‘qnashuvi kabi yo‘nalishlarda yangi vakolatlari haqida maʼlumot berildi.

Bundan tashqari, korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarligiga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid maʼmuriy javobgarlikning 61-moddasi, 61-1-moddasi, 175-8-moddasi, 193-1-moddasi, 193-2-moddasi, qolaversa Jinoyat kodeksidagi korrupsiyaga oid bir qancha moddalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Seminarda xalqaro tajriba haqida ham fikr yuritilib, BMT konvensiyasining milliy qonunchilik hujjatlari bilan xususan, Maʼmuriy va Jinoyat kodekslari bilan o‘zaro bog‘liqligi va farqlari qiyosiy tahlil etildi.

4649 1117 For print

Other news

All news