Virtual reception

Markaziy Osiyoda mintaqaviy korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirish va hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan tashabbuslar ilgari surildi

Top news 736 views

This material is so far published only in: Özbekça

Joriy yilning 12–13-noyabr kunlari Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini Markaziy Osiyoda jadal amalga oshirish bo‘yicha Mintaqaviy platformaning Ikkinchi yillik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi mintaqa mamlakatlarining korrupsiyaga qarshi kurashish yo’nalishidagi sa’y-harakatlarini o’zaro muvofiqlashtirish, hamkorlik yo’nalishlarini belgilash hamda yangi tashabbuslarni ilgari surish hisoblanadi.

Mintaqada korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlarini eng jadal tarzda amalga oshirayotgan mamlakat sifatida O‘zbekiston delegatsiyasining taqdimot va tashabbuslari alohida e’tirofga sazovor bo’ldi.

Xususan, taqdimotda mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi so’ngi islohotlar — davlat boshqaruvida shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, manfaatlar to’qnashuvini tartibga solish, fuqarolik jamiyati ishtirokini kengaytirish, aksilkorrupsiya ta’limini rivojlantirish ishlari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyo nomidan ilk bor CoSP-11 (Doha, 2025-yil dekabr) yalpi sessiyasiga kiritilayotgan “Markaziy Osiyoda mintaqaviy korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirish va hamkorlikni rivojlantirish” nomli rezolyutsiya loyihasi muhokama qilinib, barcha ishtirokchi davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Konferensiya yakunida Mintaqaviy platforma faoliyatini yanada takomillashtirish, UNCACni Markaziy Osiyoda samarali amalga oshirish va davlatlar o‘rtasida hamkorlik mexanizmlarini kengaytirish, ijobiy tajribalarni ommalashtirish, o’zaro yangi mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi qayd etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Related materials