“Mikrokreditbank” ATB ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiqlik sertifikatini qoʻlga kiritdi
This material is so far published only in: Özbekça
“Mikrokreditbank” ATBning korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi tasdiqlandi.

2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga asosan bank tizimida Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti tashkil etilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ko‘magi va tavsiyasi asosida bankda korrupsiyaning oldini olish va uni bartaraf etish bo‘yicha qator ichki idoraviy hujjatlar ishlab chiqilgan.
Agentlik tomonidan, shuningdek, bank tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi faoliyatini samarali tashkil etish borasida ham amaliy koʻmak koʻrsatib kelinmoqda.

Ma'lumot o'rnida: 2023-yil natijalariga ko‘ra, davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reytingida “Mikrokreditbank” ATB yuqori natija qayd etib, “yaxshi” toifadan joy oldi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati