Online appeal

Report of corruption

Cancel Report

The VI Tashkent Anti-Corruption Forum Held

More

Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia

More
Memorandum of Understanding Signed with the Independent Anti-Corruption Authority of Mongolia
2926 926 For print

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyihada Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar ro‘yxatini quyidagilar bilan to'ldirish nazarda tutilmoqda: 

✅Bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

✅Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari, shu jumladan g‘olib bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari;

✅Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari tomonidan xorijiy xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan qabul qilib olingan sovg‘alar to‘g‘risidagi maʼlumotlar.

Loyiha muhokamasi joriy yilning 4-oktabr sanasiga qadar davom etadi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

2926 926 For print

Other news

All news