Odob-axloq komissiyasi faoliyatining samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
This material is so far published only in: Özbekça
Sog‘liqni saqlash vazirligida Odob-axloq komissiyasining muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Agentlikning Odob-axloq komissiyalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Abduhamid Kamilov ishtirok etdi.

Muloqot davomida Komissiyaning kelgusidagi faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan qator masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, Komissiya faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, faoliyat shaffofligini taʼminlash va davlat xizmatchilarining odob-axloq meʼyorlariga rioya qilishdagi masʼuliyatini oshirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Yig‘ilish mobaynida Komissiya faoliyatining samaradorligini oshirish va shaffofligini taʼminlashga oid taklif va tavsiyalar berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati