Virtual reception

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy maʼruza

Top news 179 views

This material is so far published only in: Özbekça

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi har yili O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy maʼruza tayyorlab, ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oliy Majlis palatalariga kiritadi.

Milliy maʼruzaning maqsadi mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyati, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan huquqiy, tashkiliy-amaliy hamda institutsional islohotlar natijalari to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilishdir.

U keng jamoatchilik, xususan, davlat organlari vakillari, mustaqil ekspertlar, reyting agentliklari, jamoat faollari, olimlar va boshqa manfaatdor shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Bu yil Agentlik tomonidan uchinchi Milliy maʼruza tayyorlandi.

Milliy maʼruzalarning to‘liq matni bilan o‘zbek va ingliz PDF tillarida ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Related materials