O'zbekiston va Gruziya o'rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faol hamkorlik qilinadi
This material is so far published only in: Özbekça
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi delegatsiyaning Gruziyaga tashrifi doirasida ushbu mamlakatning Korrupsiyaga qarshi kurashish byurosi direktori Razden Kuprashvili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Maʼlumot uchun: Gruziya korrupsiyaga qarshi kurashish byurosining asosiy vazifalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda ijrosi ustidan nazorat qilish, davlat xizmatchilari mol-mulki va daromadlarini deklaratsiyalash ishlarini muvoqlashtirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish kabilardan iborat.

Uchrashuv yakunida ikki idora o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Memorandum doirasida quyidagilar nazarda tutilgan:
➖korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirishda tajriba almashish;
➖o'zaro axborot, meʼyoriy hujjatlar va ilmiy manbalar bilan almashish;
➖kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma o‘quv kurslari va treninglar o'tkazish;
➖manfaatlar to'qnashuvi va boshqa korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni oldini olishning samarali mexanizmlarini yaratish va boshqalar.

Muloqotda o'zaro hamkorlikning shu kabi huquqiy va amaliy asoslari takomillashtirish har ikkala tomon uchun samarali ekanligi eʼtirof etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati