Prezident qarori loyihasiga regulation.gov.uz portali orqali kelib tushgan taklif va e’tirozlar bo‘yicha Ma’lumot
This material is so far published only in: Özbekça
“O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasiga regulation.gov.uz portali orqali kelib tushgan taklif va e’tirozlar bo‘yicha
Ma’lumot
Jami 20 ta taklif kelib tushgan, shundan 11 tasi qabul qilindi va 9 tasi qabul qilinmadi.
Xususan, jamoatchilik tomonidan bildirilgan “Manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash” axborot tizimini yaratish, Davlat fuqarolik xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklarasiya qilish qilish tizimini joriy etish, Korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan targ‘ibot ishlarida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining rolini oshirish borsaida berilgan takliflar chora-tadbirlar dasturiga kiritildi.
Quyidagi takliflar qabul qilinmadi.
Masalan fuqaro Dadaxonov Murodillo Muxammadilloyevich tomonidan “Anonim” sudlov tizimini joriy etish, ya’ni Ya’ni sudyalar qo‘rilayotgan ishlar bo‘yicha ishga tegishli shaxsiga doir ma’lumotlarning bilmasdan qaror qabul qilishi taklif etilgan.
Lekin ushbu taklif Jinoyat kodeksining 54-moddasiga ya’ni, Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga olish prinsipiga zid ekanligi sababli qabul qilinmagan
Ushbu havola orqali takliflarning ko‘rib chiqilishi natijalari bilan tanishishingiz mumkin.
| Taklif etilayotgan tahrir | Manfaatdor organlarning taklif va e’tirozlari | Ko‘rib chiqish natijalari |
|---|---|---|
| Dadaxonov Murodillo Muxammadilloyevich | ||
| 6-§. Sud-huquq tizimida korrupsiyaning oldini olish Sud-huquq tizimida korrupsiyaning oldini olish yo‘nalishida quyidagilar nazarda tutiladi: odil sudlov tizimidagi nuqson va qonunchilikdagi kamchiliklar bilan ifodalangan korrupsiyaviy xatarlarni tahlil qilish; sudlarda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashishni izchil davom ettirish orqali sud tizimini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish choralarini ko‘rish; sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishdagi kasbiy faoliyatini har qanday shaklda tashqi ta’sirlardan samarali himoya qilishni ta’minlovchi huquqiy mexanizmlarni yaratish; .... | 4-bob yuzasidan. “Anonim” sudlov tizimi Sudlov tizimida korrupsiya, nepotizm va bosimlardan qo‘tilishni yagona yo‘li, anonim sudlov tizimiga o‘tishdir. Ya’ni sudyalardan ishni qonuniy qaror qabul qilgunicha undan qo‘rilayotgan ishlarni shaxsiga doir va aynanlashtirilishi mumkin bo‘lgan qismlari yashiriladi, sudya aynan kimning, qaysi yuridik shaxsning ishini ko‘rayotganligini bilmaydi o‘z navbatida prosess ishtirokchilari xam sudyaning kimligini ish yakuniga qadarli bilmaydi. Sudyalar muayyan xududga biriktirilmaydi, ishlar avtomatik tarzda sudlarga taqsimlanadi ya’ni Baliqchi tumanidagi ma’muriy ishni Pop tumani sudi shaxsga doir ma’lumotlarni bilmagan xolda ko‘rib chiqadi. Bunda sud jarayoni bevosita emas bilvosita ovoz orqali o‘tkaziladi, taraflar bir-birini ovozlarini eshitadi xamda prossess maqomi bilan murojaat qilishadi. Hozirda sudlarda anonim sudlov tizimiga o‘tishlik uchun barcha texnik imkoniyatlar mavjud faqat xoxish bo‘lsa bas. Shu bois ushbu tashabbusni amaliyotga tezroq tatbiq etish xayotiy zaruriyat. | Qabul qilinmadi. Jinoyat kodeksining 54-moddasiga asosan Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi. Agarda ayblanuvchi shaxsni sudya kim ekanligini ko‘rmasa, uning jinoyatidan chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi, yoki jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlariga aniq baho beraolmaydi. Bundan tashqari Sudlarning anonim tarzda o‘tkazilishi sudlarning ochiq oshkoralik prinsipiga zid hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksi 19-moddasida Barcha sudlarda jinoyat ishlari oshkora ko‘riladi, bundan davlat sirlarini qo‘riqlash manfaatlariga zid keladigan hollar, shuningdek jinsiy jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar ko‘rilayotgan hollar mustasnoligi belgilab qo‘yilgan. |
| Markaz komplayens xizmati | ||
| O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyani 2024-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha «YO‘L XARITASI» loyihasi yuzasidan | O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyani 2024-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”ning Davlat xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olish bobiga Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish bo‘limlari uchun “Manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash” axborot tizimini yaratish va ushbu axborot tizimining tegishli vazirlik va idoralar bilan integrasiya qilish degan vazifa kiritish kerak. Mazkur axborot tizimi davlat xizmatchilarining manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yishining oldini olishga yordam beradi. | Qabul qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olishda preventiv mexanizmlarni hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarori (ID-88543) loyihasi ishlab chiqilgan. Mazkur qaror loyihasining 8-bandi v-kichik bandi uchinchi xatboshisida E-anticor.uz elektron platformasi negizida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq xatarlarni onlayn kuzatib borishni ta’minlovchi elektron modulni ishga tushirish bo‘yicha band kiritilgan. Hozir Qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqilmoqda. |
| Sadikov Abiddjan Kabilovich | ||
| 6-§. Sud-huquq tizimida korrupsiyaning oldini olish Sud-huquq tizimida korrupsiyaning oldini olish yo‘nalishida quyidagilar nazarda tutiladi: odil sudlov tizimidagi nuqson va qonunchilikdagi kamchiliklar bilan ifodalangan korrupsiyaviy xatarlarni tahlil qilish; sudlarda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashishni izchil davom ettirish orqali sud tizimini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish choralarini ko‘rish; sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishdagi kasbiy faoliyatini har qanday shaklda tashqi ta’sirlardan samarali himoya qilishni ta’minlovchi huquqiy mexanizmlarni yaratish; .... | Xalq tomonidan saylanadigan maslaxatchilar kengashini (misol uchun 9 kishi) tashkil kilish va kengash karori bo‘yicha hukm chikarilishi har qanday korrupsion holatlarni oldini oladi Xalq tomonidan saylanadigan maslahatchilar kengashini (9-15 kishi) tashkil kilish va umumiy xulosa buyicha sud karorini chikarishni majburiy kilish kerak. | Qabul qilinmadi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksi 13-moddasiga asosan Jinoyat ishlari hay’atda ko‘riladi, Jinoyat kodeksi 15-moddasining ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar esa, sudya tomonidan yakka tartibda ko‘riladi. Ish birinchi instansiya sudi tomonidan hay’atda ko‘rilganda sud tarkibiga sudya va ikki nafar xalq maslahatchisi kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni uch nafar sudyadan iborat tarkibda ko‘rib chiqadi. Odil sudlovni amalga oshirishda xalq maslahatchilari sudyaning barcha huquqlaridan foydalanadilar. Ular sud majlisida ishni ko‘rish jarayonida kelib chiqadigan hamma masalalarni hal qilishda va hukm chiqarishda raislik qiluvchi bilan teng huquqqa egadirlar. |
| Turdikulov Shuxrat Xudoykulovich | ||
| Qaror loyihasi bo‘yicha | Davlat fuqarolik xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklarasiya qilish. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi” qonunining 20-moddasida, davlat fuqarolik xizmatchisi qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda daromadlari hamda mol-mulki to‘g‘risida deklarasiya taqdim etishi shart deb ko‘rsatilgan. | Qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyani 2024-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha «YO‘L XARITASI» quyidagi mazmundagi 10-band bilan to‘ldirildi. Davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulk deklarasiya qilish tizimini amaliyotga joriy etish. 1. Davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulk deklarasiya tizimining huquqiy asoslarini yaratish; 2. Davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulk deklarasiya qilish bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish; 3. Davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulk deklarasiya qilish bo‘yicha ma’lumotlarni qayta ishlash va tekshirishning yagona elektron axborot tizimini ishga tushirish. |
| Qaror loyihasi bo‘yicha | O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi” qonuniga muvofiq davlat fuqarolik xizmatichisiga malaka darajalari berilishi, xodimlarni rotasiya qilish belgilab qo‘yilgan. Lekin qonun qabul qilinganiga deyarli ikki yil bo‘lishiga qaramay xodimlarga malaka darajalari berilmagan, rotasiya masalasi ham ko‘rilmay kelinmoqda. | Qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyani 2024-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha «YO‘L XARITASI» quyidagi mazmundagi 8 va 9-bandlar bilan to‘ldirildi. 8-band. Davlat fuqarolik xizmatchilariga malaka darajalarini berish tartibini ishlab chiqish 9-band. Davlat fuqarolik xizmatida rotasiya qilish tartibini ishlab chiqish |
| Qaror loyihasi bo‘yicha | Rahbar va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini jamoatchilik fikri asosida baholash - bu davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy faoliyatining samaradorligini baholash vositasi bo‘lib, unda baholovchi ekspertlar fuqarolik jamiyati instituti vakillari va fuqarolarning vakillari hisoblanadi. Bu amaliyot, albatta rahbar xodimlarning noqonuniy faoliyatining chek qo‘yilishiga zamin bo‘ladi. | Qabul qilinmadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 13 martdagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-49-sonli Farmoni qabul qilingan. |
| Qaror loyihasi bo‘yicha | Korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan targ‘ibot ishlarida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining rolini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021 yildagi 340-son qarori bilan ushbu markaz huzurida tashkil etilgan Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti imkoniyatlaridan keng foydalanish. | Qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyani 2024-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha «YO‘L XARITASI» quyidagi mazmundagi 29-band bilan to‘ldirildi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida jamiyatda korrupsiya va qarindosh-urug‘chilik illatlarga barham berish hamda Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
| Abrayev Ulug‘bek Jumabekovich | ||
| Qaror loyihasi bo‘yicha | Hokimlik, sud va kadastr agentligi faoliyatida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda yuz berayotgan qonunbuzilish holatlari aniqlanganda, ta’sirchan javobgarlik mexanizmlarini ishlab chiqish lozim, deb o‘ylaymiz. | Qabul qilinmadi. Aniq taklif bildirilmagan, xususan kanday javobgarlik mexanizmini ishlab chiqish ko‘rsatib o‘tilmagan. |
| Inomov Azizjon Ikromjon O‘g‘li | ||
| Qaror loyihasi bo‘yicha | Jinoyat kodeksining 211-moddasidagi Basharti, shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi. Mening fikrimcha ushbu modda avvalo Jinoyat kodeksining 5-moddasi Fuqarolar qonun oldida tengligi prinsipini ya’ni Jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar. Ushbu tushunchalarga mutlaqo zid bo‘lsa 211-moddagi 30 kunlik muddat o‘zi korrupsiya omiliga yo‘l qo‘yyapti deb o‘ylayman ya’ni shaxs o‘z jinoiy qilmishini pora berish yo‘li bilan amalga oshirmoqchi bo‘ladi ammo uni ishi 1 oy ichida bitmasa pora olgan shaxsni ushlab berish holatlari afsuski bor ushbu holatda o‘zi shaxs shu summani taklif orqali jinoyatga mansabdor shaxsni undagan bo‘lsada tergov xodimlari ushbu holatni inobatga olishi amri mahol taklifim shuki ushbu 30 kunlik muddatni olib tashlash zarur bu muddat o‘zi korrupsiya holatini keltirib chiqarmoqda deb o‘ylayman. | Qabul qilinmadi. Bu muddat korrupsiyaga oid jinoyatlarni fosh etilishiga va latent jinoyatlarni sonini kamayishiga xizmat qiladi. 30 kunlik muddat olib tashlanganida shaxsning o‘zi ham jinoiy javobgarlikka tortilishdan qo‘rqib bu haqida HMQ organlarga murojaat qilmasligi mumkin. Qonunda muddatning belgilanishi shaxsni HMQ organlarga murojaat qilishini kafolatlaydi. |
| Ochilov Mahmud Muhamadovich | ||
| O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining QARORI Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish va korrupsiyaning oldini olishda ta’sirchan mexanizmlarni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | 1. Yuridik texnika qoidalari, Farmon va qarorlarni qabul qilish amaliyotiga ko‘ra, loyihaning nomlanishini quyidagi tahrirda bayon etish: “O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. Asoslantirish: Birinchidan, Qaror loyihasining konseptual g‘oyasi va maqsadi – “korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish va korrupsiyaning oldini olishda ta’sirchan mexanizmlarni kengaytirish” ekanligidan kelib chiqib, ushbu so‘zlarni loyihaning preambula qismiga (kirish qismiga) o‘tkazish maqsadga muvofiq. Qaror loyihasiga muvofiq tasdiqlanishi nazarda tutilgan “Milliy strategiya loyihasi” huquqiy maqomiga ko‘ra – Korrupsiyaga qarshi konvensiya (1-moddasi) va “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun (6-moddasi) talablaridan kelib chiqqan holda, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati asoslarini belgilovchi strategik rejalashtirish hujjati hisoblanadi. Ushbu, Milliy strategiya asosida kelgusida – Oliy Majlis Palatalari va xalqaro tashkilotlarda “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruza” eshitiladi hamda Milliy ma’ruza xalqaro tashkilotlarga yuboriladi. Ikkinchidan, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga ko‘ra, Strategiya - mamlakat yoki muhim tarmoqlarni o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirishning eng asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasida Milliy strategiyalar tasdiqlangan: – “2021-2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi (PF-6255, 01.07.2021 y.); – “O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” (PF-6252, 28.06.2021 y.); – “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” (PF-6012, 22.06.2020 y.) va boshqalar. | Qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori nomi quyidagicha tahrir qilinmoqda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida |
| Qaror loyihasining preambulasi Jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish bo‘yicha davlatning istiqboldagi asosiy yo‘nalishini belgilash, shuningdek, «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida: | 2. Qaror loyihasining preambulasini (kirish qismini) quyidagi tahrirda bayon etish: Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish va korrupsiyaning oldini olishda ta’sirchan mexanizmlarni kengaytirish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish bo‘yicha davlatning istiqboldagi asosiy yo‘nalishini belgilash, shuningdek, «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida: Asoslantirish: Muhokama joylashtirilgan loyixa kirish qismi “Jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish bo‘yicha davlatning istiqboldagi asosiy yo‘nalishini belgilash, shuningdek, «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:” “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” qonunning 5-moddada “jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish” korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan va Qaror loyihasining 2-bandida Milliy strategiyani amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib ustivor vazifaga aylangan. | Qabul qilindi. Qaror loyihasining preambulasi quyidagi tahrirda bayon etilmoqda “Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish bo‘yicha davlatning istiqboldagi asosiy yo‘nalishini belgilash, shuningdek, «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida” |
| Qaror loyihasining 1-bandi: 1. Korrupsiyaga qarshi kurashishning umummilliy pirovard maqsadlarini o‘zida aks ettirgan, yaqin kelajakda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi xalqaro institutlarning taklif va tavsiyalarini qonunchilik hamda amaliyotga tatbiq etish imkonini beradigan “O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin (keyingi o‘rinlarda – Milliy strategiya). O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiyasi (keyingi o‘rinlarda – Strategiya deb yuritiladi) mazkur vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. | 3. Qaror loyihasida “Strategiya” atamasini yagona tartibda qo‘llashni ta’minlash maqsadida, Qaror loyihasining 1-bandi bo‘yicha “Milliy strategiya” yoki “Strategiya” tavsiya etiladi. Asoslantirish: Qaror loyihasining 1-bandida bayon etilishicha: “Korrupsiyaga qarshi kurashishning umummilliy pirovard maqsadlarini o‘zida aks ettirgan, yaqin kelajakda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi xalqaro institutlarning taklif va tavsiyalarini qonunchilik hamda amaliyotga tatbiq etish imkonini beradigan “O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin (keyingi o‘rinlarda – Milliy strategiya).” Qarorga 1-ilovaning kirish qismi (11-12-xatboshi) “O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiyasi (keyingi o‘rinlarda – Strategiya deb yuritiladi) mazkur vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.” deb bayon etilgan. Yuqoridagilarga ko‘ra, huquqni qo‘llash amaliyotida yagona yondashuvni ta’minlash uchun “qisqartirilgan ta’rif berish” masalasini qayta ko‘rib chiqish, butun loyiha matni bo‘yicha o‘zgartirish taklif etilmoqda. | Qabul qilindi. Qaror loyihasining barcha bandlarida “O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiyasi (keyingi o‘rinlarda – Milliy strategiya deb yuritiladi) deb belgilandi. |
| Qaror loyihasining 4-bandi: 4. Belgilab qo‘yilsinki: a) korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda har bir davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari korrupsiyaning vujudga kelishiga sabab bo‘layotgan omillarni chuqur tahlil qilib, bu illatni bartaraf etishning idoraviy-sohaviy dasturlarini ishlab chiqish va real harakatlarni amalga oshirish, shuningdek o‘z faoliyatida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilishga ustuvor ahamiyat qaratsin. b) O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlariga: joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini kompleks o‘rganish; joylarda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holati to‘g‘risida Milliy kengashga ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritgan holda muntazam ravishda axborot berib borish tavsiya etilsin. | 4. Qaror loyihasining 4-bandida “ahamiyat qaratsin.” so‘zlarini “ahamiyat qaratadilar.” tariqasida bayon etish yoki alohida band sifatida qayta tahrirlash tavsiya etiladi. Asoslantirish: Qaror loyihasining 4-bandida quyidagi tahrirda bayon etilgan: 4. Belgilab qo‘yilsinki: a) korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda har bir davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari korrupsiyaning vujudga kelishiga sabab bo‘layotgan omillarni chuqur tahlil qilib, bu illatni bartaraf etishning idoraviy-sohaviy dasturlarini ishlab chiqish va real harakatlarni amalga oshirish, shuningdek o‘z faoliyatida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilishga ustuvor ahamiyat qaratsin. Birok, “Belgilab qo‘yilsinki: ” degan aniq norma yoki yangi tartib belgilashni nazarda tutuvchi bunday topshiriqda so‘ng “ahamiyat qaratsin.” degan so‘zlarni ishlatish tavsiya etilmaydi. Misol uchun: yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 2 fevraldagi PF-28-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmonining 2-bandiga qarang: 2. Belgilab qo‘yilsinki: mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanadi; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi; va hokazolar | Qabul qilinmadi. 4-bandning ushbu mazmunda tahrir etishili qonunchilik texnikasiga zid emas. |
| O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan MILLIY STRATEGIYASI So‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlat va jamiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud-huquq sohalarini takomillashtirish, xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementasiya qilish, barqarorlikni ta’minlash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. “Hamma narsa inson manfaati uchun” tamoyili asosida davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish, tadbirkorlik sohasida korrupsiya xavfining oldini olish va jamiyat ehtiyojlarini hisobga olish masalalari birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda. ..... | 5. O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiyasi “Kirish qismida” 12 ta xatboshi bo‘lib, alohida bobga ajratilmagan raqamlanmaganligi bois, Qaror loyihasining 1-ilovasi 1-xatboshisidan oldin “1-bob. Umumiy qoidalar” so‘zlari bilan to‘ldirish taklif etiladi. Asoslantirish: Farmon va qarorlari bilan tasdiqlangan turli soha va tarmoqlarni rivojlantirish strategiyalarni qabul qilish amaliyotidan kelib chiqib taklif etilmoqda. 6. Qaror loyihasining 1-ilovasi beshinchi xatboshi “Huquqiy va institusional asoslar yaratildi.” jumlasini – “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining huquqiy va institusional asoslari yaratildi.” jumlasiga almashtirish lozim. Asoslantirish: Fikrimizcha, korrupsiyaga qarshi kurashish – tizimli va umummilliy faoliyat hisoblanadi. | Qabul qilinmadi. Milliy strategiya loyihasiga kirish qismini “Umumiy qoidalar” deb belgilash, maqsadga muvofiq emas, Umumiy qoidalar deb belgilanganida matnda ma’lum bir qoida yoki talablar o‘rnatilishi lozim. Masalan: Strategiyani amalga oshiruvchi tashkilotlar, strategiyani amalga oshirish tartibi belgilangan bo‘lishi mumkin. |
| Qaror loyihasining 1-ilovasi beshinchi xatboshi “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va uning hududiy kengashlari tashkil etildi.” | 7. Qaror loyihasining 1-ilovasi beshinchi xatboshi “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni samarali muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va uning hududiy kengashlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.” Asoslantirish: Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-son Farmoni 1-bandi: “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.” Ikkinchidan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun Qonun 8-moddasi: “O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashi va uning hududiy kengashlari maqomi berilgan.” Muhokama joylashtirilgan loyihada quyidagicha “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va uning hududiy kengashlari tashkil etildi”. | Qabul qilindi. Qaror loyihasining 1-ilovasi beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilmoqda: Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va uning hududiy kengashlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi |
| O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan MILLIY STRATEGIYASI O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiyasi (keyingi o‘rinlarda – Strategiya deb yuritiladi) mazkur vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Strategiyada korrupsiyaga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirishning maqsad, vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan. ..... | 8. Loyihaning kirish qismi oxirgi xatboshisidan keyin quyidagi tahrirdagi yangi xatboshi bilan to‘ldirish: Strategiya 2024-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish bosqichlarini belgilab beradi, sohaga oid davlat siyosati asoslarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar, maqsadli dasturlar va «Yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Asoslantirish: «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» qonunning 17-moddasiga ko‘ra, Strategiya - mamlakat yoki muhim tarmoqlarni o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirishning eng asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Milliy strategiya loyihasi huquqiy maqomiga ko‘ra – Korrupsiyaga qarshi konvensiya (1-modda) va “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun Qonun (6-modda) korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati asoslarini belgilovchi strategik rejalashtirish hujjati hisoblanadi. | Qabul qilinmadi. Milliy strategiya loyihasining 5-bob 1-paragrafida Milliy ctrategiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarini, sohaga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, “yo‘l xaritalari”, chora-tadbir rejalarini ishlab chiqish va boshqa dasturlar orqali amalga oshirilishi belgilangan. |
| 2-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi mavjud muammolar Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish holatini o‘rganish natijalari, shuningdek, “Korrupsiyasiz soha”, “Korrupsiyasiz hudud” loyihalari, davlat dasturlarini amalga oshirish natijalari bo‘yicha xulosalar hamda BMT Konvensiyasi tavsiyalari korrupsiyaga qarshi kurashning samarali tizimini shakllantirish uchun bu boradagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Birinchidan, normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi siyosat hujjatlarini ishlab chiqish, qonunchilik va huquqni muhofaza qilish sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etishning huquqiy va tashkiliy mexanizmlari aniq belgilanmagan. Davlat organlari, sohalar va hududlar kesimida korrupsiya darajasini baholash va korrupsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini monitoring qilish tizimi yaratilmagan. Ikkinchidan, davlat boshqaruvi sohasida korrupsiya xavfining oldini olishga, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun normalarini ta’minlashning aniq mexanizmlari va chora-tadbirlari ishlab chiqilmagan. Davlat organlari mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xorijda hisob raqamlar ochishni taqiqlash hamda davlat xizmatchilarining daromadlarini deklarasiyalash tizimini joriy etishning huquqiy asoslari yaratilmagan. | 9. Strategiya loyihasining 2-bobida “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi mavjud muammolar” sanab o‘tilgan. Birinchidan, normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi siyosat hujjatlarini ishlab chiqish, qonunchilik va huquqni muhofaza qilish sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etishning huquqiy va tashkiliy mexanizmlari aniq belgilanmagan. Davlat organlari, sohalar va hududlar kesimida korrupsiya darajasini baholash va korrupsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini monitoring qilish tizimi yaratilmagan. Ikkinchidan, davlat boshqaruvi sohasida korrupsiya xavfining oldini olishga, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun normalarini ta’minlashning aniq mexanizmlari va chora-tadbirlari ishlab chiqilmagan. Davlat organlari mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xorijda hisob raqamlar ochishni taqiqlashning huquqiy asoslari yaratilmagan. Ushbu, tahliliy axborotlarni qayta tahrirlash tavsiya etiladi. Asoslantirish: O‘zbekiston Respublikasi “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”, “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” qonunlarda kelib chiqqan holda bayon etish maqsadga muvofiq. Milliy strategiya loyihasining kirish qismida bayon etilishicha: – Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlarining mas’uliyati va ochiqligini kuchaytirish, axborot texnologiyalarini joriy etish va fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va boshqa chora-tadbirlarga qaratilgan 80 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. – Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni samarali muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va uning hududiy kengashlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. | Qabul qilinmadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lsada, bu hamma hujjat qabul qilinganligini bildirmaydi. Masalan, Milliy strategiyaning muammolar qismida ko‘rsatilgan sohalarni huquqiy asoslarini takomillashtirish zaruriyati mavjud. |
| 4-bob. Milliy strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari 1-§. Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish yo‘nalishida quyidagilar nazarda tutiladi: davlat organlari tomonidan o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda kelib chiqadigan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy baholash bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etish, bu jarayonga jamoatchilikni hamda turli sohalardagi yetakchi mutaxassislarni jalb qilish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining mustaqilligini ta’minlash va samaradorligini oshirish; elektron hukumat tizimiga to‘liq o‘tishni jadallashtirish, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida idoraviy integrasiyalashgan axborot tizimlari va resurslari hamda turli dasturiy mahsulotlarni joriy etish va samarali qo‘llash; | 11. Strategiya loyihasining 4-bobi (4-bob. Milliy strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari) quyidagi mazmundagi yangi xatboshilar bilan to‘ldirish: 2. Milliy strategiya quyidagilar ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi: davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish; davlat xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olish; davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olish; ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olish; korrupsiyaga qarshi kurashishning institusional asoslarini takomillashtirish; sud-huquq tizimida korrupsiyaning oldini olish; aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; korrupsiyaga qarshi kurash sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish. Asoslantirish: Farmon va qarorlari bilan tasdiqlangan turli soha va tarmoqlarni rivojlantirish strategiyalarida ustuvor yo‘nalishlar sanab o‘tilgan, shuningdek har bir ustivor yo‘nalishni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar va chora-tadbirlar belgilangan. Misol uchun quyidagilarga qarang: 2021-2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida (PF-6255, 01.07.2021); O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida (PF-6252, 28.06.2021); Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida (PF-6012, 22.06.2020); «Raqamli O‘zbekiston-2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida (PF-6079, 05.10.2020); 2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida (VMQ №506, 24.08.2020); 2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida (VMQ, №166, 29.03.2021); 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida (PF-5992, 12.05.2020); Agrar ta’lim tizimining 2030 yilgacha innovasion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida (№788); 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovasion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida (PF-165, 06.07.2022). | Qabul qilinmadi. Milliy strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari 4-bobda har bir paragrafida alohida ko‘rsatib o‘tilgan, ularni umumiy tarzda belgilash zarurati mavjud emas. |
| Milliy strategiya loyihasi bo‘yicha | 12. Milliy va xalqaro tajribani chuqur o‘rganish asosida: O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha sohasida davlat siyosati asoslarini belgilovchi - qonun, farmon va qarorlar bilan belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni qayta ko‘rib chiqish, bir-birini takrorlovchi normalarni tizimlashtirish; “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 3-bobi va ushbu Qonun bilan tasdiqlangan Yagona uslubiyotning 84-bandi talablariga to‘liq rioya etgan holda ishlab chiqish; loyiha va ilovani tayyorlashda xorijiy davlatlar ilg‘or tajribasini o‘rganish bo‘yicha tahliliy axborot belgilangan tartibda rasmiylashtirish. | Qabul qilindi. Qonun loyihalariga ilovalar “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi talablari asosida rasmiylashtirildi. |