Virtual reception

Qaşqadaryo viloyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytiriş böyiça örganişlar ötkazildi

Top news 87 views

This material is so far published only in: Özbekça

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va Boş prokuratura xodimlaridan iborat Respublika işçi guruhi tomonidan Qaşqadaryo viloyatida korrupsiyaga qarşi kuraşiş va uning oldini oliş böyiça "Yöl xaritasi"da belgilangan vazifalar ijrosi örganildi.

Örganişlar davomida masʼul idoralar iştirokida bozorlar, avtoturargohlar va jarima maydonçalaridagi raqamlaştiriş jarayonlari, umumiy ovqatlaniş şoxobçalarida virtual kassalar, tibbiyot muassasalari va dorixonalarda DMED dasturi, taʼlim taşkilotlarida kuzatuv kameralari hamda GRACE dasturining joriy etilişi holati közdan keçirildi.

Şuningdek, foydali qazilmalarni qazib oliş, içimlik suvi uçun tölovlarni hisoblaş va undiriş, majburiy ijro harakatlarini amalga oşiriş jarayonlarida raqamlaştiriş orqali korrupsiyaviy omillarni kamaytiriş çoralari tahlil qilindi.

Örganişlar davomida aniqlangan muammo va kamçiliklar, ularning sabablari masʼul idoralar vakillari iştirokida viloyat Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça hududiy kengaşi yiğilişida tanqidiy muhokama qilindi.

Yakunda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş, raqamlaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş, inson omilini qisqartiriş va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etiş yuzasidan masʼullarga aniq topşiriqlar berildi.

Related materials